Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti 3 kurs 65-20 guruh talabasi Akbarov Izzatilloning Iqtisodiy tahlil va audit fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti 3 kurs 65-20 guruh talabasi Akbarov Izzatilloning Iqtisodiy tahlil va audit fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning oddiy va an’anaviy usullari
Reja:
1. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullarining tasniflanishi. Iqtisodiy tahlilning oddiy - an’anaviy va iqtisodiy-matematik usullari.
2. Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy usullari. An’anaviy usullar mohiyati hamda ulardan foydalanish tartibi.
Iqtisodiy tahlilning metodi – bu iqtisodiy voqea–hodisalarni doimiy o‘zgarishda, ya’ni dialektikaga asoslanib, maxsus iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi orqali o‘zaro bog’liqligi va bog’lanishlarini maxsus usullar va vosita hamda shakllardan foydalangan holda o‘rganish usulidir.
Tahlil qilish uchun vositalar :
Tahliliy jadvallar.
Ulardagi mutloq va nisbiy ko‘rssatkichlar.
Tegishl tahlil usuli.
Grafiklar , diagrammalar.
Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari va vositalari:
taqqoslash usuli - korxona faoliyatini tahlil qilishning eng asosiy usulidir, zero «barcha narsa taqqoslashda aniqlanadi.
guruhlashtirish – tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi omillarni guruhlashtirish
yetakchi halqani ajratib qo‘yish usuli. Korxona faoliyati tahlil qilinayotgan vaqtda nihoyatda ko‘p dalil va hodisalar uchraydiki, ularni to‘la tahlil qilish imkoni yo‘qligi uchun bu usuldan foydalaniladi.
mutlaq va nisbiy miqdorlar. Mutlaq miqdorlar orqali iqtisodiy ko‘rsatkichlarning umumiy hajmi aniqlanadi. Nisbiy ko‘rsatkichlar esa biznes-rejaning bajarish darajasini va ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atini belgilaydi.
dinamika metodi.Muhim hodisalar, jarayonlarning har birini rivojlanishida, deb qarash kerakligini ko‘rsatadi.
indekslar. Ular yordamida ma’lumotlarni qator yillar bo‘yicha taqqoslash mumkin.
Iqtisodiy tahlil usullari:
Axborotlarni ishlashning an’anaviy usullari
Deterministik omilli tahlil o’tkazish usullari
Stoxastik omilli tahlil o’tkazish usullari
Ko’rsatkichlarni optimallashtirish usullari
Iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullari
Taqqoslash ( qiyoslash ) - bunda bitta ko‘rsatkichning turli xil darajasi bir–biriga solishtiriladi. Bunda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash zarurdir.
BALANS METODIdan foydalanib, iqtisodiy tahlil o‘tkazish uchun, tovar balansining umumiy formulasidan
Qb+K = S+B+Qo
foydalanib, uning ayrim noma’lum elementlarini quyidagicha hisoblash mumkin:
davr boshiga tovarlar qoldigi Ob = S+B+Qo-K
keltirilgan tovarlar xajmi K = S+B+Qo - Qb
sotilgan tovarlar xajmi S = Qb + K-B-Qo
boshqa chiqarilgan tovarlar xajmi B = Qb+K-S-Qo
davr oxiriga tovarlar qoldigi Qo = Qb+K-S-B
Keltirilgan formulalardan foydalanib tovar balansining ayrim elementlarining haqiqiy darajasini rejadan (bazis davridan) o‘zgarishiga ayrim omillarning ta’sirini hisoblash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
bartaraf etish ajratish usuli. Xo‘jalik faoliyatiga yuqorida aytib o‘tilgandek juda ko‘p omillar ta’sir qiladi: asosiy, qo‘shimcha, tashqi va hokazo. Bu usul yordamida ushbu omillarni bir-biridan ajratib, alohida tahlil qilishga imkon beradi.
zanjirli bog’lanish usuli. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat: ya’ni hisob formulasi tarkibiga kirgan o‘tgan yil doirasidagi ayrim olingan miqdoriy ko‘rsatkichlarini aynan shu ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasiga ketma-ket almashtiriladi..
mutloq farq usuli – bu usulda omillar ta’sir kuchi mutloq ko‘rsatkichlardagi farqlar uslugi asoslangan holda aniqlanadi.Tahlilda ko‘p qo‘llaniladigan usul - ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati bo‘`yicha farqni aniqlash usulidir. Bu usul zanjirli almashtirish usulining bir turidir.
balans usuli - Bu usul xom ashyo (material) ning kelishi va undan foydalanish yo‘nalishi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga, shuningdek, ish vaqti, uskunalarning ishlashi va boshqalardan foydalanishni o‘rganish uchun xizmat qiladi.
Deterministik omilli tahlil o’tkazishda qo’llaniladigan asosiy usullar jumlasiga Iqtisodiy tahlilning eng keng tarqalgan universal xususiy usullari bilan bir qatorda Iqtisodiy statistik va matematik usullar ham kiritilgan.
Stoxastik omilli tahlil o’tkazish usullari
Korrelyatsion tahlil
Dispersion tahlil
Kampanentli tahlil
Zamonaviy ko’p o’lchamli tahlil
Stoxastik omilli tahlil o’tkazishning asosiy usullaridan ko’rinib turibdiki, bu guruhga kiritilgan usullarning deyarli barchasi matematik statistikada keng qo’llaniladigan usullardir