Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi k 18-22 guruh talabasi Mirzahmedov Jamshidbekning Statistika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi K 18-22 guruh talabasi Mirzahmedov Jamshidbekning Statistika fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
3.Ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamasini aniqlash
Korrelyatsion bog‘lanishning xususiyati regressiya tenglamasida bir necha muhim va mohiyatli omillar ishtirok etishini taqozo qiladi. Shuning uchun regressiya tenglamasiga kiritiladigan mohiyatli omillarni tanlash katta ahamiyatga egadir.

Ko‘p omilli regressiya tenglamasida o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘langan omillar bir vaqtda ishtirok etmasligi kerak. Chunki ular regressiya tenglamasida
bir-birini ma’lum darajada takrorlab, natijada regressiya va korrelyatsiya ko‘rsatkichlarining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Demak, tanlangan omillar ichida o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘lanishda bo‘lgan omillardan ba’zilarini regressiya tenglamasiga kiritmaydi. Buning uchun chiziqli juft korrelyatsiya koeffitsiyentlarining matritsasi tuziladi.

Xususiy regressiya koeffitsiyenti muayyan omilning natijaviy belgi variatsiyasiga ta’sirini omillar o‘zaro bog‘lanishidan «tozalangan» holda o‘lchaydi, ammo tenglamaga kiritilmagan omillar bundan mustasnodir.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, xususiy regressiya koeffitsiyenti , juft regressiya koeffitsiyentidan farqli o‘laroq, muayyan omilning natijaga ta’sirini uning variatsiyasi bilan boshqa tenglamada qatnashayotgan omillar variatsiyasi orasidagi bog‘lanishni hisobga olmagan holda, undan «tozalangan» tarzda o‘lchaydi.
Xususiy regressiya koeffitsiyentlari aj nomli miqdorlardir, ular turli o‘lchov birliklarda ifodalanadi va sifat (ma’no) jihatidan har xil omillar ta’sirini o‘lchaydi. Demak, ular bir biri bilan taqqoslama emas.
Shuning uchun standartlashtirilgan xususiy regressiya koeffitsiyentlari yoki - koeffitsiyentlar hisoblanadi:
standartlashgan regressiya ko‘rsatkichlari taqqoslama nisbiy me’yorlar, ularda o‘lchov birliklari va belgilar mohiyati mavhumlashgandir.