Nominalistik pul nazariyasi Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi. Pulning nominalistik nazariyasi. Rimlik va o ‘rta asrlik yuristlar klassik nom inalizm ning yaratuvchilari edi. Bu nazariya tarafdorlari — J. Lokk (1632— 1704), J. Berkli (1685— 1753), J. Styuart (1712— 1780) — pul birliklarining nom lari (funt sterling, taler, frank) «qiymatning ideal atomlari»ni ifodalaydi, deb faraz qilishgan.Tovarlarning qiymati ijtimoiy zarur ish vaqtining muayyan sonli soatlarini o‘zida mujassam etadi. Shuning uchun ayrim iqtisodchilar, jumladan, D. G rey (1798— 1850), tovarlar qiymatini bevosita ish vaqti soatlarida, o ‘ziga xos «ishchi pullarda» ifodalash zarurligini asoslashga urinishgan.
D. G reyning fikricha, tovar ishlab chiqaruvchilar bankka o ‘z mehnati mahsulotlarini topshirishi va ular uchun «ishchi pullar»ning muayyan m iqdorini olishlari kerak bo’lgan , ular ana shu «ishchi pullari» yordamida ushbu bankda o‘zlariga zarur tovarlarni sotib olishi m um kin edi. XIX asrning 20-yillari oxiri — 40-yillarida «ishchi pullari» g‘oyasini amalga oshirishga urm ishlar bo'lgan. 1829-yilda M arselda advokat Masel «ayirboshlash banki»ni tashkil qilgan; 1832—1834-yillarda sotsialist-utopist R. Ouenning tashabbusiga ko‘ra Angliyada «adolatli ayirboshlash bozorlari» ochilgan; 1849-yilda m ayda burjua iqtisodchisi P.J. Prudon shunga o ‘xshagan «xalq banki»ni ta’sis etgan
Pulning mehnat nazariyasi Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari bo‘lib, Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U. Petti — qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbayi mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko'rsatib o‘tgan. Biroq, U. Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o'rtasidagi farqni ko‘ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
A. Smit o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» (1776-y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbayi bo‘lib, moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o'tgan.