Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti bxa 2-kurs k-18-22 Guruh talabasi rustamov sultonbekning moliya fanidan Mustaqil Ishi Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalari Mavzu
Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti BXA 2-kurs K-18-22 Guruh talabasi RUSTAMOV SULTONBEKNING MOLIYA Fanidan Mustaqil Ishi Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalari Mavzu:
REJA
REJA
04 03 02 01 1 Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat budjetining ahamiyati
2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy –huquqiy asoslari.
3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlatbudjetining ahamiyati Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda. davlatning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy xujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish;
2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish;
3. Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
4. Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish;
5. Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini ta’minlash;
6. Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funktsiyalarini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lga strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir.
2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularningtashkiliy –huquqiy asoslari Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’ oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
2. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularningtashkiliy –huquqiy asoslari Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’ oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Budjet mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari oluvchilar daromadlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi;
Davlat budjeti xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Budjet mablag’lariga egalik qiluvchilar – budjet mablag’larini oluvchilar yok boshqaruvchilar bo’lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag’larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi.
3. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari; aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot. 4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta imkoniyat yaratadi.
Budjet intizomiga rioya etish buzilishining eng ko’p tarqalgan xarakterli ko’rinishi – bu bdjet mablag’larini mahalliy hokimliklarning farmoyishlari asosida adres dasturiga kiritilmagan qurilish va ta’mirlash ob’ektlariga, avtomobillar sotib olish, dabdabali tadbirlarni o’tkazishga yo’naltirishdir.
XULOSA Birinchidan- davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirish da tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna xisob rakamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi. Ikkinchidan-amalda bulgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ruyxatga olish orqali , xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga utildi. Uchinchidan- Gaznachilik organlari budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, tulovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega buldi. Bu uz navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi. To’rtinchidan- budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi buyicha malum urnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda xarajatlarni amalga oshirish tartibi urnatildi. Natijada budjet mablag’larini suistemol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi. Beshinchidan-davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi buyicha tezkor malumotlarni olish bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy xarajatlarni amalga oshirish uchun yunaltirish imkonini beradi.