Andijon mashinasozlik instituti ro‘



Yüklə 165,24 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü165,24 Kb.
#175193
  1   2   3   4   5   6
SIRTQI Loyiha boshqaruvi ISHCHI DASTUR 3 kurs 2022 23 7 3


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Royxatga olindi: “Tasdiqlayman”
№ _____________ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b.
________________ S.R.Aliyev
2023 y “___”______ 2023 y “__”_______________
LOYIHALARNI BOSHQARISH
fanining
IShCHI O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi

300000

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi

230000

Iqtisod

Ta’lim yonalishi:

5230100

Iqtisodiyot Sirtqi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




Umumiy o‘quv soati

90 soat

4-kurs

Shu jumladan:







Ma’ruza

8 soat

8 soat

Amaliy mashg‘ulot

8 soat

8 soat

Mustaqil ta’lim

74 soat

74 soat



Andijon-2023
Fan dasturi, Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashi tomonidan 2023 yil­______da tasdiqlangan va ____ raqam bilan ro‘yxatga olingan “Loyihalarni boshqarish” fanining o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Andijon mashinasozlik instituti Oquv- uslubiy Kengashining 2023 yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchi:
M.Solijonov - AndMI “Buxgalteriya xisobi va menejment” assistenti
M.Muhammadiyeva - AndMI “ Buxgalteriya xisobi va menenjmet” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
O.Shermatov - AQXAI «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» kafedrasi dotsenti, i.f.n.
M.Dadajonova - AndMI «Buxgalteriya xisobi va menejment» kafedrasi dotsenti, i.f.n.

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i


2023-yil «____»___________________________________ A.B.Axmedov
(imzo)

Iqtisodiyot


fakultеti dеkani:
2023- yil «____»___________________________________ D.Sarimsaqov
(imzo)
“Buxgalteriya xisobi va menejment ”
kafedrasi mudiri:
2023- yil «_____»___________________________________N.X.Xalilov
(imzo)


I. Oquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi orni
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalar yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Biroq ularni loyihalar asosida professional boshqarish sohasida ko‘plab kamchiliklar mavjud. Yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar samaradorligini ta’minlash mamlakatda qabul qilinayotgan investitsiya loyihalarini har tomonlama mukammal ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini talab etib, aynan shu kabi masalalar mazkur fanning dolzarbligini asoslaydi.
Loyihalarni boshqarish”
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Investitsiya loyihalari tahlili”, “Mehnat iqtisodiyoti”, “”Biznes reja”, “Industrial va innovatsion iqtisodiyot”, fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
“Loyihalarni boshqarish” fani “Moliya”, “Ekonometrika”, “Korxonalar iqtisodiy xavfsizligi” fanlari bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lib, matematik va tabiiy, umumkasbiy fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga amaliyotda loyihalar tuzish, tahlil qilish va samarali loyihalarni boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning asosiy vazifalari- loyihani boshqarishda ko‘zda tutilgan maqsadni tushuntirish, loyihaning mohiyati va turlarini o‘rgatish, global, milliy iqtisodiyot va korxona ko‘lamida loyihalarni moliyalashtiruvchi institutlar bilan tanishtirish, loyiha oldi bosqichi hamda loyiha tuzish jarayonlari bilan tanishtirish, talabalarni loyihani boshqarish usullaridan foydalanishga o‘rgatish, loyiha samaradorligini hisoblash usullarini amaliy mashqlar vositasida ko‘rsatish, loyiha boshqaruv mahoratiga o‘rgatish, loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda monitoring qilish, kalendar ish rejalari va shartnomalarini ijrosini ta’minlash, loyiha ishtirokchilari va ta’sischilar faoliyatini muvofiqlashtirishga o‘rgatish, loyihani har tomonlama tahlil qilish asosida kutilayotgan natijasiga erishishni o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:


1) qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning takomillashuvi natijasida loyihalarni boshqarish, loyiha xaridlari, monitoringi, baholash uchun ochilayotgan yangi iqtisodiy hamda qonuniy muhit haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
2) loyihaning kelib chiqishi asoslari, loyiha oldi, loyihalash, loyihani ekspluatatsiya qilish bosqichlarini oldindan ko‘ra bilish; loyihaning tijoriy foydasidan tashqari ekologik, ijtimoiy, institutsional o‘zgarishlardan olinadigan naf va uni hisoblash hamda baholash to‘g‘risida bilishi va ulardan foydalana olishi;
3) loyihani boshqarish usullari, yondoshuvlari; loyihani boshqarishda foydalaniladigan normativlarni va ulardan qiyosiy xulosalar qilishni; loyiha qarorlarini muqobil variantlarini taqqoslash va xulosalar qilishni; loyihalarni samaradorligini ko‘rsatib, isbotlab berishni hamda investor oldida himoya qilishni; loyihani barcha resurslarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
4) tayyor loyiani tahlil qilish va eng samarali variantini moliyalashtirishga tavsiya etish; loyihalarni korxona va investor nuqtai-nazaridan baholash va kutilayotgan natijalarga erishish; loyiha oldi hamda loyihalash bosqichlarida iqtisodchi sifatida o‘z hisob-kitoblari bilan tavsiya berish bo‘yicha malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 165,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin