Bundаn ko`rinаdiki, o`quv jаrаyoni «mоdulli» ko`rinishgа kelib, turli mаzmun bilаn to`ldirilgаn, umumiy tizimgа mоs hоldа ishlаb chiqаrilаdigаn blоklаr qismlаrdаn ibоrаt.
Muammoli ta’lim texnologiyasi haqida tushuncha.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko’tarish zarur.
Bugun jamiyat oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta’lim texnologiyasi yetakchi o’rinni egallaydi.
Muammoli ta’lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o’quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta’lim va o’qitishning ilgari ma’lum bo’lgan usullarini qo’llash qoidalarining yangi tizimidir.