Muammoli ta’limning asosiy maqsadi- ilmiy bilish, pedagog tomonidan yaratilgan muammoli vaziyatlar va ularni ochishga qaratilgan o’quvchining mustaqil faoliyati, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish orqali o’qitish jarayoni natijalarini maqsadli rejalashtirishdan iboratdir.

Kollej o’qituvchisi N. Yaqubovaning “Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar” mavzusidagi muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanib tashkil etilgan amaliy mashg’ulotning tahlil natijalarini keltirib o’taman.
Fan nomi: “Iqtisodiyot nazariyasi”
Kurs , guruh: 1-kurs 125- guruh
Mavzu : Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar
Maqsad: Talabalarda iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar haqida tushuncha berish, ularni shakllantirish, olingan bilimlarni mustahkamlash.
Ta’limiy: Talabalarni mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: Talabalarga o’z Vataniga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlar orqali talabalarni yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija: Talabalarni mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga erishish.