Kollej ta’limida iqtisodiy fanlarni o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2003-yil 28-may «Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 100 innovatsiyalar to’grisidagi hay’at qaroriga ko’ra, 2003/2004 – o’quv yili «Ta’lim sifatini oshirish yili», deb belgilandi. Ta’lim islohatining xozirgi sifat bosqichida o’qituvchi-pedagoglar oldida yangi muhim vazifa qo’yildi. O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2003-yil 28-may 5/1 sonli buyrug’iga muvofiq fanlar bo’yicha muammoli ma’ruzalar matnini ishlab chiqish va ularni 2003/2004 o’quv yilidan boshlab izchillik bilan o’quv jarayoniga tadbiq etish belgilandi. Qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo’yicha Andijon Bank kolleji ta’lim jarayonida xam ta’lim sifatini oshirishga aloxida e’tibor kelinmoqda.