Muammoli ta’lim- o’quvchilarning erkin fikrlashlariga, o’zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta’sir etishdir. Bunda o’quvchi diqqat bilan tinglashi, mustaqil va yolg’iz fikrlashi, jamoa bo’lib fikrlashi, tahlil qilishi, ko’pchilik bo’lib muhokama qilishi va to’plangan fikrni bayon qila olishi kerak. - Muammoli ta’lim- o’quvchilarning erkin fikrlashlariga, o’zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta’sir etishdir. Bunda o’quvchi diqqat bilan tinglashi, mustaqil va yolg’iz fikrlashi, jamoa bo’lib fikrlashi, tahlil qilishi, ko’pchilik bo’lib muhokama qilishi va to’plangan fikrni bayon qila olishi kerak.
- Hozirgi zamon didaktikasi o’quvchilarning mustaqil – o’quv – bilish faoliyatiga e’tiborni kuchaytirdi, hamda ta’lim texnologiyalarni qo’llagan holda dars mashg’ulotini tashkil qilish talab etila boshlandi.
- Iqtisodiy fanlarni muammoli o’qitish jarayonida o’qituvchi avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo’yadi, masalani eksperimental topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokama uyushtiradi. Xulosalarning to’g’riligini tasdiqlaydi, o’quvchilar oldingi bilim tajribalarga asoslanib muammoli vaziyatni hal etish yo’llari to’g’risida o’ylaydilar va takliflar kiritadilar. Oldingi olgan bilimlarini umumlashtirib, xodisalarning sabablarini aniqlagan holda, ularning kelib chiqishini tushuntiradilar, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini qidiradilar.
Dostları ilə paylaş: |