Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Ishlab chiqarish tizimlarining sifat va miqdor egiluvchanligi
Ishlab chiqarish o‘z mahsuloti assortimenti va miqdorini tez o‘zgartira olgan taqdirdagina, bozor sharoitida faoliyat yuritishi mumkin. 70-chi yillargacha, butun dunyo, bu masalani ombordagi tayyor mahsulot mavjudligi hisobiga yechardi.
Bugungi kunda esa logistika, talab o‘zgarishiga, ishlab chiqarish quvvatlarining zaxiralari hisobiga moslashishni taklif etadi.
Bugungi kunda esa logistika, talab o‘zgarishiga, ishlab chiqarish quvvatlarining zaxiralari hisobiga moslashishni taklif etadi.
Ishlab chiqarish quvvatlari zaxirasi, ishlab chiqarish tizimlarining sifat va miqdor egiluvchanligi mavjudligi yuzaga keladi. Sifat egiluvchanligi universal xizmat ko‘rsatuvchi personal (xodimlar) va egiluvchan ishlab chiqarish mavjudligi hisobiga ta'minlanadi. Miqdor egiluvchangligi har xil usullar bilan ta'minlanishi mumkin. Masalan, xo‘jaliklarda asosiy ishchilarning maksimal sonini 20% dan oshmasligi qolgan 80%-mavsumiy ishchilar bo‘lishi mumkin. Shunday qilib xo‘jalik 200ta
xodimga ega bo‘lib, lozim bo‘lganda, 1000ta kishigacha jalb etish imkoniyatiga ega. Ish kuchi rezervi (zaxirasi) mehnat vositalari rezervi (zaxirasi) bilan to‘ldirilib turadi (3.2 rasm)