Andijon mashinasozlik instituti transport logistikasi fakulteti -fayllar.org
. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab chiqarishga
. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab chiqarishga
xizmat ko‘rsatish, transport, axborot, sotish va kadrlardir. Ular moddiy oqimni tizimga kirishi, undan o‘tishi va chiqib ketishini ta'minlaydilar. Logistika konsepsiyasiga muvofiq ichki ishlab chiqarish logistik tizimlarining yaratilishi, korxona ichidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish bo‘g‘inlarining rejalari va ishlarini doimiy ravishda o‘zaro kelishilishi va to‘g‘rilanib borishi imkoniyatini ta'minlashi lozim.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsepsiyalari
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi:
ortiqcha zaxiralardan voz kechish;
asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz kechish;
iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish;
uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;
uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;
sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish;
xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish; - yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish.
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi quyidagilardan iborat:
-mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish;
-«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish.
Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir.
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi. Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi.