Andijon mashinasozlik instituti transport logistikasi fakulteti -fayllar.org
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlar boshqaruvining yetaklovchi tizimlari
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish logistikasida moddiy oqimlar boshqaruvining yetaklovchi tizimlari
Ishlab chiqarishdagi logistik jarayonlarni tashkil etishning ikkinchi varianti, moddiy oqimlarni boshqarishning prinsipial boshqacha usuliga asoslangan. U «etaklovchi tizim» deb nomlanadi. Bu ishlab chiqarishni tashkil etishning shunday tizimiki, unda zarur mahsulotlar keyingi bo‘g‘indan oldingisiga lozim bo‘lgan taqdirdagina yetkaziladi.
Bu yerda markaziy boshqaruv tizimi korxonaning har xil bo‘limlari orasidagi moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab chiqarish vazifalarini belgilamaydi. Ayrim texnologik bo‘g‘in ishlab chiqarish texnologik zanjirining oxirgi bo‘g‘ini oldida vazifa qo‘yadi.
yetaklovchi tizimning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, 3.4-rasmdagi misolni ko‘rib chiqamiz.
4-Rasm. Ishlab chiqarish logistik tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini yetaklovchi tizimining prinsipial sxemasi
Faraz qilaylik meva qayta ishlash korxonasi 1500 birlik mahsulot (meva sharbati) ishlab chiqarishga buyurtma qabul qildi. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi qadoqlash (tayyor mahsulot) bo‘limiga jo‘natadi. Qadoqlash bo‘limi buyurtmani bajarish uchun sharbat bo‘limidan 1500ta qadoq mahsulotga ketadigan sharbat so‘raydi. Sharbat bo‘limi o‘z zaxirasidan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun qayla bo‘limidan 1500ta qadoq sharbat ishlab chiqarish uchun qayla so‘raydi. Qayla bo‘limi o‘z zaxiralaridan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun ombordan meva so‘raydi. Shunday qilib moddiy oqim har bir oldingi bo‘g‘in tomonidan «tortib olinadi».
Bunda ayrim bo‘lim xodimlari, markaziy boshqaruv tizimiga nisbatan, optimal buyurtma o‘lchamini aniqlovchi, ko‘proq o‘ziga xos omillarni hisobga olish imkoniyatiga ega.