Andijon mashinasozlik instituti "Transport va logistika" fakulteti



Yüklə 12,23 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü12,23 Kb.
#200367
  1   2
falsafa 1


Andijon mashinasozlik instituti
“Transport va logistika” fakulteti
“Avtomobil servisi” yo’nalishi
3-kurs K-104-21-guruh talabasi
Nosirova Dilnozaning
Falsafa fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Global jarayonlar dialektikasi mavzusida tahliliy ma’ruza tayyorlash va uning taqdimotini o’tkazish
Reja:
1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.
2. Dialektika rivojlanish xaqidagi ta’limot.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qaramaqarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar.
Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib
G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» asarini ko‘rsatish mumkin.
Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qaramaqarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi. Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‘zaro munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay boshlaydi.

Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‘lishiga qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda astasekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning birbirlariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot bo‘lgan.
Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmasmi? degan savollar paydo bo‘lib, bu savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarga va o‘z kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi.

Yüklə 12,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin