Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi. Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, rakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Xulosa Dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi. Adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yerkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 5. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O‘zbekiston 1996-2016. 2. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. – T.: O‘FMJ, 2006. 339 b. 3. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. -Toshkent, Noshir, 2016 E’tiboringiz uchun rahmat