Andijon mashinasozlik instituti Transport va Logistika fakulteti



Yüklə 249,16 Kb.
səhifə1/2
tarix02.12.2022
ölçüsü249,16 Kb.
#71937
  1   2
Dilshodbek fvvdan

Andijon mashinasozlik instituti

Transport va Logistika fakulteti

MM va TX yo‘nalishi

30-20 guruh talabasi Joniqulov Dilshodbekning

Favqulotda vaziyatlar va axoli muxofazasi

MUSTAQIL ISHI

  • Tayyorladi: Joniqulov D
  • Tekshirdi: Xodjaqulov.M

MAVZU: Favqulodda vaziyatlar hududida qutqaruv ishlarini tashkil etish.

Reja:

I.Kirish

. II.Favquloda vaziyatlar

II.Qutqaruv ishlarini tashkil etish

. III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

  • Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
  • Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud: 
  • birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti
  • ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti; 
  • uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;
  • . to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi; beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas; 
  • oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
  • yettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti; 
  • sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
  • to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida
  • 1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish; 
  • aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; 
  • O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish; 
  • favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish; 
  • . fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash; 
  • Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish; 
  • 1. Mazkur Nizom “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini (keyingi o‘rinlarda “qutqaruv xizmatlari” deb ataladi) amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
  • qutqaruv xizmatlarini jalb qilish — qutqaruv ishlarini amalga oshirishda boshqaruv organlarining, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning qatnashishini tashkil etish;
  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun eng kam zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, ularning ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat;

  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har tomonlama ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun eng kam zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, ularning ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat;
  • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbari — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga bevosita rahbarlik qiladigan hamda o‘z vakolatlariga muvofiq ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradigan mansabdor shaxs;

favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.

  • favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.
  • II. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi
  • . Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
  • xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
  • favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;

mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

  • mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
  • 4. Yirik ko‘lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik—sapyorlik bo‘linmalari, kimyoviy himoya bo‘linmalari va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.

5jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshir. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganligi darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda ko‘rilishi bilan birga olib borilishi kerak.

  • 5jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshir. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganligi darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda ko‘rilishi bilan birga olib borilishi kerak.
  • 6. Qutqaruv xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga iladi.

Yüklə 249,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin