Andijon mashinasozlik instituti


-rasm Mahalla aholisining karantin sharoitlari bilan bog‘liq о‘nta asosiy muammosi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#104268
1   2   3   4   5   6   7
Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi. (3)

4-rasm Mahalla aholisining karantin sharoitlari bilan bog‘liq о‘nta asosiy muammosi

Mahalla rahbarlarining fikriga kо‘ra, aholi orasida eng keng tarqalgan muammo – aholi daromadlarining pasayishi.


Shaharda ham, qishloqda ham eng jiddiy deb topilgan ushbu muammo nafaqat daromad manbaini yо‘qotish, balki uy xо‘jaliklariga pul о‘tkazmalari kabi boshqa moliyaviy tushumlarning kamayishi bilan ham bog‘liq. Ikkinchi eng jiddiy muammo – ish haqi, kichik biznesdan keladigan daromad yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ish о‘rinlari va yoki ish haqining yо‘qotilishi.

Kichik biznes О‘zbekistonda daromad va ish bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. 2019 yilda ishchi kuchining 76,5% kichik biznesda band bо‘lgan. Kichik va mayda korxonalar, ayniqsa, iqtisodiyotning quyidagi ayrim tarmoqlarida keng tarqalgan: yо‘lovchi transportida (bu sohada kichik/mayda korxonalar sektorning 90,7%ni tashkil etgan), undan keyin savdo (84,3%), qurilish (75,4%), yuk tashish (54,6%) va xizmatlar (52%)13. Karantin paytida aynan ushbu sektorlar eng kо‘p zarar kо‘rgan. Mintaqada kichik biznes qanchalik kо‘p bо‘lsa (6-rasm), daromad olish muammosi shunchalik dolzarbdir (eng rivojlangan erkin sanoat zonasi joylashgan Navoiy viloyati bundan mustasno). Qarang: 6-rasm

Aholi punktlari turiga kо‘ra, ish joylari va ish haqini yо‘qotish qishloq joylariga qaraganda shahar mahallalari uchun og‘irroq kechgan (7-rasm). Biroq daromadlarning pasayishi darajasi qishloqda ham, shaharda ham bir xil miqyosda baholangan. Qishloq joylarda uy xо‘jaliklari ba’zi oziq-ovqat va qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini о‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarishi va kо‘p hollarda mahalliy bozorlarda sotishi ham mumkin. Shahar aholisi ishsiz qolgan taqdirda qashshoqlik xavfini kamaytirish uchun bunday imkoniyatlarga ega emaslar. Kommunal va maishiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi qishloqlarga qaraganda shaharlarda muhimroq о‘rin tutadi. Shaharlarda yaxshi yо‘lga qо‘yilgan AKT infratuzilmasi maktablar va universitetlarda masofadan turib о‘qitish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratdi. Shuningdek, bu shahardagi mahalla aholisiga uyda ishlash uchun yaxshi imkoniyat yaratdi. Ushbu omillar shaharlarda ta’lim xizmatlaridan foydalanishning qishloq joylarga qaraganda yaxshiroq ekanligini ta’minladi.



Natijalar shuni kо‘rsatadiki, pandemiya nafaqat bevosita ish joylarining yо‘qotilishiga, balki yashirin ishsizlikning paydo bо‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Amalda, shaxs ishlayotgan xodim sifatida rasmiy ravishda rо‘yxatdan о‘tgan bо‘lishi (potensial “daromad manbai” yо‘qolmaydi), lekin karantin paytida uning ish haqi sezilarli darajada kamaytirilishi yoki umuman tо‘lanmasligi mumkin. Bu esa, uning daromad manbai yо‘qolganligini anglatadi. Bunday javoblarning yana bir izohi – karantin choralari tufayli uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish yoki pullik xizmatlar kо‘rsatish imkoniyati yо‘qligidir (masalan, xususiy sartaroshxonadagi sartarosh “ishchi” sifatida tasniflanadi, ammo pullik xizmatlarni taqdim eta olmaydi).
COVID-19 pandemiyasidan oldin ayollar va erkaklar mehnat bozorida qanday faoliyat yuritganiga qarab, daromadlarni yо‘qotish va/yoki ishdan yoki ish haqidan mahrum bо‘lish ularga turlicha ta’sir qilishi mumkin edi. Afsuski, tadqiqot uslubi va savollari mahallalarda qaysi uy xо‘jaliklari a’zolari ushbu muammolarga duch kelganligini aniqlay olmadi. Shunga qaramay, pandemiyadan oldin rasmiy ish bilan band bо‘lgan ayollarning ulushi (barcha iqtisodiy faol ayollarning 45,7%) erkaklarnikiga nisbatan past bо‘lgan (barcha iqtisodiy faol erkaklarning 54,3%)34. 2017 yilda erkaklar umumiy ish bilan band bо‘lgan aholining 61,5 foizini tashkil etgan35. Ishchi kuchida ishtirok etishda gender farqi albatta katta, chunki ayollarning tug‘ish yoshida ekanligi ularning uy ishlari va bola parvarishi uchun ish haqi tо‘lanmaydigan faoliyati uchun mas’uliyat yuklanganligini anglatadi14. 2017 yilda Mehnat va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka kо‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga murojaat qilganlarning yarmidan sal kо‘proqrog‘ini xotinqizlar tashkil etgan37. COVID-19 virusi tarqalishidan oldin ham ayollarning rasmiy ishlarda cheklangan ishtiroki muammo bо‘lganligini hisobga olsak, har qanday iqtisodiy tanazzul ularni iqtisodiy tobelikka olib kelishi xavfi mavjud.
Umuman olganda, COVID-19 virusining tarqalishi va u bilan bog‘liq cheklov choralari tovarlar va asosiy xizmatlarni, shu jumladan infratuzilma xizmatlarini (shuningdek, mahalla darajasida) kо‘rsatishga, unchalik katta ta’sir kо‘rsatmadi. Shu bilan birga, 35,6% respondentlar “mahalliy xizmatlarni kо‘rsatish bilan bog‘liq muammolar” aholining daromadlari pasayishi va ish yо‘qotilishidan keyin eng kо‘p uchraydigan muammolarning uchinchisi sifatida kо‘rsatdilar.
Karantin choralari, odatda, mahallalarda kо‘rsatiladigan pullik xizmatlarning, masalan, poyafzal ta’mirlash, kiyim tikish, sartaroshxonalar va boshqalarni sezilarli darajada kamaytirdi. Sо‘nggi yillarda uy tozalash, idish yuvish, gilam yuvish va shu kabi pullik xizmatlar keng tarqaldi, ammo karantin davrida bunday xizmatlar ham tо‘xtatildi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin