Andijon mashinasozlik instituti


-rasm. О‘zbekistonda COVID-19 bо‘yicha vaziyat (2020 yilning may oyi)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#104268
1   2   3   4   5   6   7
Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi. (3)

1-rasm. О‘zbekistonda COVID-19 bо‘yicha vaziyat (2020 yilning may oyi)

Prezident SH. Mirziyeyov 2020 yilning 19 martida koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun birinchi navbatdagi chora-tadbirlar haqida e’lon qildi4. Unga kо‘ra, iqtisodiyotni tiklash va sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida 10 trln sо‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilishi belgilab qо‘yildi. Ushbu chora-tadbirlar qatorida kichik biznes korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi, ularning kreditlar bо‘yicha tо‘lovlari kechiktirildi. 2020 yil martidan apreligacha Prezident inqirozga qarshi chora-tadbirlarning yana uchta tо‘plamini tasdiqladi.


Sog‘liqni saqlash tizimining salohiyatini optimallashtirishga qaratilgan harakatlar qatoriga COVID-19 koronavirusini davolash uchun uchta ixtisoslashtirilgan shifoxonaning qurilishi va ventilyatorlar, kislorod konsentratorlari va shaxsiy himoya vositalari kabi qо‘shimcha materiallar va uskunalar sotib olishni kiritish mumkin. COVID-19 testlari, polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) uskunalari va boshqa laboratoriya jihozlarini sotib olish uchun qariyb 500 milliard sо‘m mablag‘ ajratildi5. Bir nechta tibbiyot muassasalari rekonstruksiya qilindi.
О‘zbekistonga bir qator davlatlardan jami 78 million dollardan ortiqroq insonparvarlik yordami kо‘rsatildi6. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ham muayyan darajada qо‘llab-quvvatlandi. Ijtimoiy zaif qatlam – COVID-19 pandemiyasidan oldin moddiy qо‘llab-quvvatlangan aholi guruhi, jumladan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz onalar, yolg‘iz qariyalar va nogironlardir. Mahalla instituti mahalliy jamoat asosidagi ma’muriy bо‘linma hisoblanib, u ijtimoiy nafaqalar va ish bilan ta’minlashga yо‘naltirilgan yordamni ta’minlashda asosiy rol о‘ynaydi. 2020 yil fevral oyidan boshlab mahallalar faoliyati yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qо‘llabquvvatlash vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilib kelinmoqda.
COVID-19 pandemiyasiga qarshi qabul qilingan cheklov choralari mamlakatda sezilarli ijtimoiyiqtisodiy oqibatlarga sabab bо‘ldi. Davlat soliq qо‘mitasi ma’lumotlariga kо‘ra, 2020 yil aprel holatiga kо‘ra yakka tartibdagi tadbirkorlarning 38,4% (95 mingdan ortiq tadbirkorlar) karantin cheklovlari tufayli о‘z faoliyatini tо‘xtatdilar7. Yana 196 ming korxona ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada qisqartirdi. Soliq tushumlari hajmi aprel oyida 20 kun davomida ayrim viloyatlarda 30-40 foizga, ayrim tuman va shaharlarda esa 50 foizdan kо‘proqqa kamaydi8. О‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida kо‘p turdagi tadbirkorlik faoliyati tо‘xtatilganligi sababli ishsizlar soni 1,35 milliondan ikki milliongacha kо‘paygan9. Xalqaro chegaralar yopilishi sababli О‘zbekistondagi 550 ming mehnat migrantlari ishlash uchun boshqa mamlakatlarga chiqib keta olmadilar15.
Shu bilan birga, mahalliy jamoalardagi mavjud vaziyat yoki pandemiya turmush darajasiga ta’sirining jiddiyligi tо‘g‘risida ma’lumotlar unchalik kо‘p emas.
Uy xо‘jaliklari darajasida aholining bevosita ehtiyojlari tо‘g‘risida aniq va batafsil ma’lumotlarga ega bо‘lmagan holda, pandemiya va uning oqibatlariga qarshi kurashish bо‘yicha О‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar unchalik samara bermaydi.
Hukumat ijtimoiy masofani maqlash va iqtisodiy faollikni cheklash bо‘yicha kо‘rilgan choralar pandemiyani tо‘xtata olmaganligini tan oldi. Bundan tashqari, bunday choralar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tobora yomonlashtirishi hamda aholining turmush darajasi va farovonligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi shubhasizdir. Jinoiy ishlarning kо‘payishi va aholining ruhiy salomatligining yomonlashuvi ehtimoli kabi omillarni boshqa uzoq muddatli oqibatlarga misol qilib kо‘rsatish mumkin. О‘zbekistonda nafaqat iqtisodiyotni tez orada tiklash, balki aholini ijtimoiy himoya qilish, ish bilan ta’minlash va yangi shart-sharoitlarga javob berish salohiyatini oshirish bо‘yicha maqsadli tashabbuslar bо‘yicha samarali yechimlar ishlab chiqildi.
2020 yilning yanvar oyidan iyun oyigacha bо‘lgan muddatda mamlakatdagi YAIM о‘sishi 0,2% gacha sekinlashdi. Solishtirish uchun, 2019 va 2018 yillarning shu davrida bu kо‘rsatkich mos ravishda 6,0% va 5,9%ni tashkil qilgan10.
Aholi jon boshiga YAIM 2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,8 foizga kamayib, 766 AQSH dollarini tashkil etdi. Avvalgi 2018 va 2019 yillarda jon boshiga YAIM kо‘rsatkichi yiliga tо‘rt foizga oshgan edi27.
Umuman olganda esa, davlat global COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralari kо‘rilgan davrda, 1997 yildan beri birinchi marta О‘zbekistonning jon boshiga YAIM pasayish kuzatilmoqda.
2019 yil oxirida kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlik 11 YAIMning yarmidan kо‘pini va rasmiy mehnat bozoridagi ish kuchining qaryib 75%ini ish bilan ta’minlagan12. Kichik biznes korxonalari uy xо‘jaliklari daromadlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etgan bо‘lsa-da, COVID19 pandemiyasi paytida ular ham jiddiy zarar kо‘rgan.
2020 yil yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari mamlakat iqtisodiyotining umumiy qо‘shilgan qiymatining 51,3 foizini tashkil etdi, bu kо‘rsatkich 2019 yil shu davriga nisbatan 0,2 foizga pastdir. Yalpi ichki mahsulotdagi ulushlarning eng katta pasayishi qishloq xо‘jaligi, qurilish va xizmat kо‘rsatish sohalaridagi kichik biznes subyektlarida kuzatildi. (Qarang: 2 va 3-rasm)


Shu bilan birga, kichik va yakka tartibdagi tadbirkorlik odatda kо‘proq moslashuvchan hisoblanishadi, bu esa о‘z navbatida ish amaliyotlarini tо‘xtatish va tiklash yirik korxonalarga qaraganda arzonroqqa (ham vaqt, ham pul mablag‘lari nuqtai nazaridan) tushadi.
Karantin choralarini joriy etishning asosiy salbiy oqibatlari iqtisodiy sohada aks etadi. Umuman olganda, aholi COVID-19 ga qarshi kurashning muhimligini tushunadi, shuningdek ular о‘z daromadlarining sezilarli darajada pasayishi, shu jumladan ish yо‘qotish ehtimoli borligi sababli о‘z xavotirlarini bildirmoqda. Ishni yо‘qotish sababli daromadlarning pasayishi mahalla raislari tomonidan aholi oldida turgan eng jiddiy muammolar sifatida qayd etildi. 4-rasmga qarang.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin