International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
May 21
st
2022
13
SANOAT KORXONALARI ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI
YAXSHILASH MAQSADIDA O‘RNATILADIGAN
TRANSFORMATORLAR TANLOVI
Jalilov O‘rinboy Abdunayim o‘g‘li
Xayrullayeva Iroda Ziyodulla qizi
Qurbanov Abror Abdinasir o‘g‘li
Jizzax
politexnika instituti
Annotatsiya
. Ushbu maqolada zavodning elektr energiyaga bo‘lgan extiyojidan kelib chiqgan holatda elektr
energiya isrofini kamaytirish hamda samaradorlik ko‘rsatkichini yaxshilash maqsadida o‘rnatiladigan
transformatorlarning soni va quvvati taxlil qilingan.
Kalit soʼzlar
: yuklanish koeffitsiyenti,
transformator podstansiyasi, to‘la quvvat.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minotini yaratishda BPP va sex transformatorlari soni va quvvatini tanlash
katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri tanlangan transformator soni va quvvati elektr energiyasi ta’minotining
uzluksizligini ta’minlaydi [1].
Aktiv yuklamalarning ta’minoti elektr sistemasidan bajarilsa, reaktiv quvvat
manbasi sifatida mahsus
kondensator batareyalarini,
sinxron kompensatorlarni, reaktiv quvvatning ventilli statik manbalarini
ishlatilishi mumkin. Reaktiv quvvat manbalarini o‘rnatish joyi reaktiv quvvat
kartogrammasi asosida
yuklamalarning simvolik markazini aniqlash natijasida topiladi. Reaktiv quvvat kompensatorlari o‘rinlarini
noto‘g‘ri tanlash reaktiv quvvat oqimlarini elektr ta’minoti tizimi elementlaridan keraksiz xarakatlariga olib
keladi va elektroenergiyaning qo‘shimcha nobudgarchiliklariga sabab bo‘ladi [2].
Bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) - bu korxona elektr ta’minotini amalga oshirishga mo‘ljallangan bosh
transformator podstansiyasidir. BPP dan barcha sex transformator podstansiyalari ta’minlanadi. Uning
o‘rnatish joyi yuklamalarning og‘irlik markaziga to‘g‘ri keladi, ya’ni BPP katta quvvatli iste’molchilar
hududida joylashadi [3,4].
Transformatorlarning soni tanlanayotganda birinchi navbatda ularning elektr ta’minoti ishonchliligi
bo‘yicha kategoriyalarga ajratishga e’tibor beriladi. Bunda 1-va 2-kategoriya iste’molchilari ikki
transformatorli podstansiyadan, 3-kategoriya iste’molchilari bir transformatorli podstansiyadan ta’minlandilar
[5].
Transformatorlarni iste’molchilarga o‘rnatish ham kategoriyaga qarab amalga oshiriladi.
Agar bitta
transformator podstansiyasi yordamida bir nechta iste’molchilar guruhi ta’minlanayotgan bo‘lsa, birinchi
navbatda transformator 1- va 2-kategoriyali iste’molchilar joylashgan sexga o‘rnatiladi [6,7].
Transformatorlarning quvvatini tanlash quyidagi ikki usul bo‘yicha amalga oshiriladi [8-10]:
1.Yuklanish koeffitsiyenti usuli. Bu usul bo‘yicha transformator quvvatini
tanlashda yuklanish
koeffitsiyentining kategoriyalar kesimida ruxsat etilgan quyidagi qiymatlariga qarab aniqlanadi.
Yuklanish koeffitsiyentining kategoriyalar kesimida ruxsat etilgan qiymatlari [11]:
I kategoriya – 0,6 dan 0,7 gacha;
II kategoriya – 0,7 dan 0,75 gacha. Ba’zi hollarda 0,85 gacha;
III kategoriya – 0,85 dan 0,95 gacha.
Transformator podstansiyasining yuklanish koeffitsiyenti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
tr
ist
yu
S
n
S
К
=
bu yеrdа:
S
ist
– transformator o‘rnatilayotgan iste’molchilar joylashgan sexning to‘la quvvati, kVA;
n – elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha o‘rnatiladigan transformatorlar soni (1- va 2-kategoriya
iste’molchilari uchun n=2 ga, 3-kategoriya iste’molchilari uchun n=1 ga teng) [12];