Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida o‘rnatiladigan transformatorlar tanlovi


International Conference on Developments in Education



Yüklə 38,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü38,88 Kb.
#200483
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
14 
S
tr
– sexga o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan transformator quvvati, kVA.
 
Umuman olganda transformatorlarni normal ish holatida yuklanishi 70-75% bo‘lishi kerak. Shu 
talablar bajarilgandagina transformator o‘zining passport ma’lumotlari bo‘yicha mo‘ljallangan muddatda 
ishlashi mumkin [13].
 
2.Normal va avariya rejimlariga tekshirish usuli. Bu usul bo‘yicha transformatorlarning quvvati tanlanganda
tanlangan transformator quvvati quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
 
a) Normal ish rejimida: n·S
tr
≥S
ist
 
b) Avariya ish rejimida: 1,4·S
tr
≥S
ist
 
Avariya rejimida ifodalangan 1,4 avariya rejimi paytida transformatorni 40%ga o‘ta yuklash 
mumkinligini xarakterlaydi. Transformatorni avariya rejimida o‘ta yuklash uchun transformator normal ish 
rejimida maksimal 93% yuklama bilan ishlagan bo‘lishi lozim. Transformatorni o‘ta yuklash bir sutkada 6 
soatgacha ruxsat etiladi, bu holat 5 sutkadan oshmasligi lozim [14].
 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ikkinchi usul 2-va 3-kategoriya iste’molchilarga ega sexlarga transformator 
o‘rnatilayotganda qo‘llaniladi. Sex iste’molchilarini elektroenergiya bilan ta’minlashda 2 va 3 standart 
quvvatli transformatorlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
 
Misol tariqasida TP ga transformator soni va quvvati tanlanadi. TPning umumiy quvvati S
TP
=1400 kVA ga 
teng. Elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha TP 2-toifali iste’molchi hisoblanadi. Shuning uchun bu TPga ikki 
transformatorli podstansiya tanlanadi. Bu TP uchun quvvati 1000 kVAli 2 ta transformator tanlanadi va 
yuklanish koeffitsiyentiga tekshiriladi. 
𝐾 =
1400
2 ∗ 1000
= 0,7
Yuqoridagi hisob natijalari asosida taxlil qilish mumkinki, yuklanish koeffitsiyenti 0,7 ga teng, qolaversa bu 
natija yuklanish koeffitsiyenti II-kategoriya hisoblanganligi uchun, yuklanish 70% bo‘lganligi hisobiga 
transformator o‘zining pasport ma’lumotlari bo‘yicha mo‘ljallangan muddatdan ham ko‘proq ishlashini 
taminlaydi. Demak bu TP uchun 2xТМ-1000/10/0,4 markali transformator tanlanadi.

Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin