Avtomatik ravishta ishlaydigan uzluksiz elektr energiya manbasi qurilmasini svetafor tizimlari uchun tadqiq qilish



Yüklə 4,47 Mb.
tarix28.06.2020
ölçüsü4,47 Mb.
#32167
Avtomatik ravishta ishlaydigan uzluksiz elektr energiya manbasi qurilmasini svetafor tizimlari uchun tadqiq qilish

Avtomatik ravishta ishlaydigan uzluksiz elektr energiya manbasi qurilmasini svetafor tizimlari uchun tadqiq qilish.

Avtomatik ravishta ishlaydigan uzluksiz elektr energiya manbasi qurilmasi xaqida qisqacha ma’lumot.

Qurilmani svetafor tizimlari uchun tadqiq qilishda qurilma svetadiodli svetaforlarning ishlashini avtonom boshqarish uchun ishlatiladi. Svetaforlarning markaziy elektr tarmog’ida uzilishlar bo’lganda, ularni uzuksiz ishlashini ta’minlash uchun ularni impuls rejimida elektr energiyasi bilan ta’minlashko’zda tutilgan bo’lib xar bir svetaforda energiyani 3-4 marta tejash imkonini beradi. Bundan tashqari akkumlatorlarning borligi svetaforni elektr tarmog’idagi elektr energiya uzulishlarida energiya mustaqilligini taminlaydi.

Svetadiodli svetaforlarni avtonom boshqarish uchun ishlatiladigan qurilmani tarkibiga quyosh fotoelektrik batareyasini qo’yish orqali svetadiodlarni avtonom ishlashini ta’minlash mumkin. Quyosh batareyasi kunning yorug’ paytida akkumlyatorni zayradlaydi va markaziy elektr tarmog’ida uzilish bo’lganda qurilma svetaforni uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va svetaforni yorug’lik xarakteristikalari GOST talabiga mos keladi.



3.4.rasm. Avtomatik ravishta ishlaydigan uzluksiz elektr energiya manbasi qurilmasini funksional sxemasi.

Qurilmani qo’llanilish sohalari.

Shaxar va tumanlarda, avtomabil yo’llarining choraxalarida yo’l xarakat xavfsizligini ta’minlashda ishlatiladi. Xozirda qurilmaning tajriba nusxasi farg’ona viloyati Farg’ona shaxrining transport xarakatining gavjum bo’lgan “Jo’ydam” choraxasidagi svetaforlarga o’rnatilib tajribadan o’tkazilmoqda.

3.5.rasm. “Jo’ydam” choraxasi

Qurilmaning asosiy texnik texnalogik parametrlari.



  1. Nominal kuchlanishi – 220V

  2. Kontrollerning quvvat sarfi – 5wt

  3. Inveytorning quvvati – 1.5-3.5 Kwt

  4. Kamutatsiya kanallari kuchlanishi – 220V

  5. Bitta kanalga bir nechta svetafor seksiyalarini ulash mumkin

  6. Bitta kanal uchun ulanishni maksimal toki – 5A

  7. Komutatsiya rejimi opsional, belgilangan rejimdan operativ chiqish mumkin

  8. Akkumlyatorni maksimal to’ki – 210A/soat

  9. Akkumlyator to’yinish vaqti – 10soat

  10. Svetaforni markaziy tarmoqda uzilishlar bo’lganda avtonom xolatda energiya bilan ta’minlanish vaqti – 3-5soat.


A B

3.6.rasm A-Qurilmani umumiy ko’rinishi. B-Kontrollerlar.

Qurilmani iqtisodiy samaradorligi.

Xozirgi kunda qo’llanilib kelinayotgan UK-2(60 Wt) va UK-5 (72 Wt) kontrollerlarga nisbatan 4-5 marotaba elektr energiya tejash imkonini beradi xamda yo’l xarakat xavfsizligini ta’minlash ishonchliligini ortiradi. Ushbu qurilmaning tannarxi 2.5-4 mln so’m, quyosh fotoelektrik batareyasi bilan birgalikda 6mln so’mni tashkil etadi.



Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan svetofor tizimini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlab turuvchi elektron qurilma amaliyotga joriy etildi. 


Farg‘ona viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarida ham mazkur yo‘nalishda salmoqli ishlar olib borilmoqda. Olim va ilmiy xodimlar tomonidan yaratilgan ko‘plab ishlanma va innovatsion texnologiyalar amaliyotga tatbiq etilayotir. 
Bugun yurtimizning qaysi shahriga bormang, keng va ravon yo‘llar, obod ko‘chalardan dil yayraydi. Chorrahalarga zamonaviy svetoforlar o‘rnatilib, aholi xavfsizligini ta’minlash, umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish tizimini tartibga solishda qulayliklar yaratilgan. 
Ammo ba’zan elektr energiyasining uzilib qolishi natijasida svetoforlar ishlamasligi yo‘lda tirbandlik hosil bo‘lishiga olib kelardi. Qizil chiroqning yashilga, yashilning sariq chiroqqa hech bir ogohlantirishsiz o‘tib ketishi haydovchilarga noqulaylik tug‘dirardi. Bunday kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Farg‘ona politexnika institutining bir guruh olimlari yangi loyiha ishlab chiqdi. Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi kafedrasi mudiri Mahmudjon Turdiyev va katta ilmiy xodimlar Umidjon Rustamov, Abror Tojiboyev hamkorligida yaratilgan svetofor tizimini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlab turuvchi elektron qurilma amaliyotga joriy etilishi sohada yangilik bo‘ldi. 
– Qurilma elektron akkumulyator va elektr qutisidan tashkil topgan, – deydi M.Turdiyev. – Elektr toki past kuchlanishda bo‘lganda yoki uzilib qolganda doimiy o‘zida yig‘ilgan energiya bilan ta’minlaydi. 
Dastlab qurilma viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Farg‘ona shahar Vatanparvar ko‘chasi chorrahasidagi svetoforga qo‘yilib, sinovdan o‘tkazildi. Hech qanday kamchiliklar aniqlanmagach, Ahmad Farg‘oniy, Aeroport, Mustaqillik, Bahor ko‘chalari chorrahasidagi svetoforlarga qo‘yilishi belgilandi.

3.8.rasm. “Kun.uz” internet tarmogidan



Ushbu qurilma yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega, deydi viloyat IIB YHXB huzuridagi ixtisoslashtirilgan o‘rnatish va foydalanish bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Mamaziyoyev. – Jarayonni nazorat qilish maqsadida ishchi guruh tuzildi. Chorrahalarga o‘rnatilgan svetoforlarni elektr tarmog‘idagi uzilishlar vaqtida energiya bilan ta’minlash bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan kunlik hisobot topshirilmoqda. Yil yakuniga qadar 214 chorrahadagi svetoforlarqurilma bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Farg’ona shaxar " Jo’ydam " chorraxasiga qo’yilgan svetofor tizimini uzuluksiz elektr energiya bilan ta’minlab turuvchi elektron qurilmaning tannarxini aniqlash bo’yicha sarf harajatlar

Smetasi

3.4. jadval



T/r

Sarf- harajatlar turi

O’lchov birligi


So’m hisobida

1.

Quvvati 3.5 kVtli: invertor, zaryadlovchi qurilma va elektron bashqaruv blokidan iborat invertor qurilmasi kompleksi

1 dona

2mln.200 000

2.

Akkumulyator batareyasi, quvvati 210 A/ch( Jizzax erkin zonasida ishlab chiqrilgan)

1 dona

700 000

3.

Boshqa turdagi harajatlar uchun: elektroprovod, qulf shkaf uchun va boshq.

3 Metr

1 dona


10 000




Qurilma tannarxi




2 mln 210 000

4.

Boshqa turdagi sarflar (ITB uchun 18%)




397 800

5

Ish xaqi,( 25%




651 750




Jami:




3mln 959 550



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin