OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI «Iqtisodiyot»kafedrasi.
Bajardi: 1-kurs «Buxgalteriya hisobi va audit» yoʻnalishi K-17-22 guruh talabasi _____________________ «Iqtisodiyotnazariyasi» fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu:Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi. Qabul qildi: ______________________________ Andijon-2023
Mavzu: Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi.
Mundarija
Kirish 1
1.Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarining xilma-xilligi. 3
2.Mulk shakllarining tengligi va ularning oʻzaro dialektikasi. 16
3.Milliy iqtisodiyotda davlat mulki ulushini pasayib borish tendentsiyasi. 20
Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar 31
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Covid-19 pandemiyasi jahon siyosati va iqtisodiyoti rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dunyo iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyotlar yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sababli ulkan qiyinchiliklarga duch keldi. Ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash tizimi qiyin kunlarni boshdan kechirdi va bugungi kunda ham ushbu kasallik keltirib chiqargan oqibatlar bilan yuzlashishga majbur bo‘lmoqda.
Pandemiya hayotning barcha muhim tomonlarini qamrab oldi – inson salomatligidan tortib to ijtimoiy sohagacha. Biologik xatarlar inqirozgacha bo‘lgan davrda siyosatchilar va siyosat sohasidagi mutaxassislar tomonidan ustuvor tahdidlardan biri sifatida ko‘rilmas edi. Ammo koronavirus inqirozi nafaqat insonlar hayoti uchun, balki global dunyo tartibi uchun ham birdek xavf tug‘dirishi tez orada ma’lum bo‘ldi.
Pandemiyaning jahon siyosatiga ta’siri haqida so‘z yuritilar ekan, uning jahon iqtisodiyoti rivojiga ta’sirini ham batafsil tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Zero, siyosat va iqtisodiyot dunyo va jamiyat rivojining ikki ajralmas ustunlari hisoblanib, bir-biriga bevosita ta’sir o‘tkazadi.Koronavirus inqirozi dunyo iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qilib, uning tizimli kamchiliklarini namoyon qildi. Inqirozning salbiy oqibatlari natijasida 2020-yil jahon iqtisodiyoti 4,3 %ga qisqardi. Jahon savdosi esa 9 %ga qisqarib ketdi. Ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiyotlari kiritilgan karantin cheklovlari sababli jiddiy zarar ko‘rdi. Biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan ,,soliq ta’tillari’’ byudjetga soliq tushumlarining kamayishiga olib keldi. Chegaralar yopilishi oqibatida eksport hajmlari keskin kamaydi, logistika zanjirlari esa uzilib qoldi. Ayni paytda
sog‘liqni saqlash sohasiga katta miqdorda mablag‘ yo‘naltirishga to‘g‘ri keldi. Bu esa byudjet yetishmovchiligi sharoitida ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Natijada, hozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlar
tomonidan yirik miqdorda xalqaro qarz jalb qilish jarayoni kuzatilmoqda.
Pandemiya natijasida dunyo miqyosida ishsizlik darajasi keskin darajada oshib ketdi va tarixiy rekordlarni qayd etdi. 2020-yil dunyo miqyosida ishsizlar soni 223 milliondan ortiqni tashkil etdi. Solishtirish uchun, 2019-yilgi ko‘rsatkich 185 milliondan ortiqni tashkil etgan edi. Shubhasiz, ishsizlar sonining bunday keskin oshishi davlatlarni ijtimoiy sohaga yanada ko‘proq e’tibor berishga va mablag‘ ajratishga majbur qiladi. Byudjet defitsiti sharoitida esa ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar bunday moliyaviy imkoniyatlarga ega emas.
Bir so‘z bilan aytganda, pandemiya ko‘plab jarayonlarning rivojlanishini tezlashtirgan va global xalqaro tizimning zaif tomonlarini ko‘rsatib berdi. Uning
yakuni bizga yangi dunyo eshiklarini ochmaydi, balki bizni ko‘plab muammolarni ochib beradigan, tinchlikni saqlash va iqtisodiyotni tiklash uchun tezkor va sifatli
yechimlarni talab qiladigan yangi voqelikka yaqinlashtiradi. Jahon hamjamiyati
mavjud inqirozni yengishda mas’uliyat bilan ish tutishiga hali ham umid bor.
Chunki mavjud muammolarni jiddiy qabul qilib, ularni hal qilishga harakat qilmaslik kelajakda bundanda keng ko‘lamli inqirozlarga olib kelishi mumkin.