Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi. (3)
Kurs ishi ob’ekti: Pandemiya davrida mulkchilik shakllarining xilma-xilligi.
Kurs ishi predmeti: Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarining xilma-xilligi. Mulk shakllarining tengligi va ularning oʻzaro dialektikasi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, asosiy qism va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.Ishga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
1.Pandemiya davridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida mulk shakllarining xilma-xilligi.
2020 yil 30 yanvarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Bosh direktori yangi koronavirusning (COVID-19) avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bо‘lgan, ommaviy sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat deb e’lon qildi1.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan zudlik bilan mamlakatdagi pandemiyaga qarshi kurashish bо‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish uchun Respublika maxsus komissiyasi (bosh vazir boshchiligida) tashkil etildi2. О‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanishning ilk holati 2020 yil 15 martda qayd qilinganidan sо‘ng3, Respublika maxsus komissiyasi bosqichma-bosqich yondashuv yordamida asosiy xizmatlarni taqdim etishni tо‘xtatishni boshladi. Dastlab barcha ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgan bо‘lsa (2020 yil 16 mart), uning ortidan ba’zi davlat xizmatlari tо‘xtatildi (masalan, sud majlislari va jamoat transporti), savdo markazlari, korxonalar va bozorlar (oziq-ovqat bozorlari va dorixonalar bundan mustasno; 2020 yil 19 mart) yopildi. Shuningdek, tijorat faoliyatini iloji boricha masofaviy xizmatlarga kо‘chirildi (2020 yil 24 mart). Butun mamlakat bо‘ylab karantin choralari va “о‘zini о‘zi yakkalash” (izolyatsiya) tartibi joriy qilindi.Favqulodda choralar muhim deb hisoblangan korxonalar yoki alohida muassasalar uchun taalluqli emas.
Ijtimoiy masofani ta’minlab, epidemiologik standartlarga javob beradigan yoki biznes jarayonlarini onlayn yoki masofadan turib amalga oshirishga qodir bо‘lgan xususiy kompaniyalar ham о‘z faoliyatini davom ettirdilar. Masalan, shaharlardagi kafe va restoranlarning katta qismi yetkazib berish xizmatlarini kо‘rsatishni boshladilar. Bunday choralar ishsizlik darajasi qisqa muddatda pasayganligini bildiradi. Davlat korxonalari, asosan, ijtimoiy masofani ta’minlash bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarni saqlagan holda о‘z faoliyatida davom etdilar.
COVID-19 tashxisi qо‘yilgan barcha odamlar virusning tarqalishining oldini olish va tegishli davolanishni ta’minlash uchun, kasallik alomatlari qandayligidan qat’i nazar, davolash uchun karantinga olindi. COVID-19 bilan kasallangan odam bilan aloqada bо‘lgan yoki u bilan aloqada bо‘lishi mumkin bо‘lgan har bir kishi, COVID-19 testi natijalariga qarab, kamida 14 kun karantinga olindi. Chet eldan о‘zbekistonlik fuqarolarning uylariga qaytib kelishiga kо‘maklashish choralari ham kо‘rildi. Xorijdan olib kelingan barcha fuqarolar markazlashtirilgan muassasalarda karantinga olindilar. Respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va karantin zonalari tashkil qilindi. Masalan, Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida karantin zonalari tashkil qilinib, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ming о‘rinli ixtisoslashtirilgan kо‘p matrmoqli shifoxona barpo etildi. Bunday choralar natijasida 2020 yil mart oyidan aprelgacha koronavirus bilan kasallanish holatlari ancha kamaydi va COVID-19 virusidan sog‘ayganlar soni ortdi. 2020 yilning may oyiga kelib bu koronavirusdan sog‘ayganlar soni minimal darajagacha qisqardi. 1-rasmga qarang.