Korxona mahsuloti - Gildirak disklari, shassi qismlari, boshqaruv richaglari.
Qo‘shma korxona xaqida Qo‘shma korxonada ilg‘or kompaniyalardan bo‘lgan YAponiya davlatining «YASKAWA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy payvandlash robotlari, hamkor Janubiy Koreyaning «AUSTEM Co.LTD» kompaniyasi tomonidan etkazib berilgan 1000 tonnalik presslash uskunalari, AQSHning A.I.I. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan disk yiguv liniyasi dastgoxlari, shuningdek ishlab chiqarilgan maxsulotlarni bo‘yash uchun «SEALIM GMT» kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan zamonaviy elektr depozit bo‘yash liniyalari ishlatilmoqda. qo‘shma korxonada hozirgi vaqtda hamkor «AUSTEM Co.LTD» kompaniyasi tomonidan yuborilgan 11 nafar malakali koreys mutaxassislari bilan birgalikda 140 dan ziyod o‘zbek yigitlari faoliyat yuritib kelmoqda.
1.2. OLDI O‘NG RICHAGNI MATERIALLARINI TANLASH VA ULARNI ASOSLASH Konstruksion po‘latlar mashina vositalari va konstruksiyalari hamda inshootlarni qurishga mo‘ljallangan. Konstruksion mashinasozlik po‘latlariga maxsus hususiyatli - ishqalanishga bardosh beradigan prujinalar tayyorlanadigan, zangbardosh, olovbardosh, issiqka chidamli va boshqa shunga o‘xshash po‘latlar ham kiradi.
Mashina vositalari va konstruksiyalari yuqori dinamik kuch, yuqori kuchlanish va manfiy temperatura ta’sirida ishlashi mumkin. Ana shu sharoitlar mashina qismlarining mo‘rt emirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada mashinaning unumli ishlash sharoiti yuqoladi.
Konstruksion po‘latlarning oquvchanlik chegarasidagi kuchlanishlari (0,2) yuqori bo‘lishi kerak, chunki u mashina vositalari va konstruk-siyalarining asosiy xarakteristikasidir. Mashina vositalari va konstruksiyalarini yaratish hisoblarida:
po‘latlarning plastikligi (,),
mo‘rt emirilishga karshiligi (KSI, KST)
sovuqlayin sinashning eng kichik temperaturasi chegarasi
kabi xarakteristikalar inobatga olinadi. Mashinaning uzok vaqt ishlay olishi charchashi natijasida emirilishga, ishqalanishga va korroziyaga karshilik ko‘rsatishiga ham bog‘liq. Bo‘lar hammasi po‘latning konstruksion mustahkamligini belgilaydi.
Konstruksion po‘latlar kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish usuli, eritish darajasi, ishlatish sohasi hamda strukturasiga qarab bir qancha sinflarga bo‘linadi.
Kimyoviy tarkibiga binoan po‘latlar:
uglerodli,
xromli,
nikelli,
kremniyli
xrom-nikelli,
kremniy-marganesli po‘latlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish usuli buyicha po‘latlar shu usul nomi bilan ataladi ( marten po‘latlari, konvertor po‘latlari, elektropech po‘latlari va xokozo). Eritish jarayonining borishiga kura po‘latlar tinchlantirilgan, yarim tinchlantirilgan yoki kaynayotgan po‘latlarga bo‘linadi.
Po‘latlar sifati zararli elementlar-fosfor va oltingugurt miqdori bilan belgilanadi va turtta sinfga bo‘linadi:
Oddiy sifatli po‘latlardagi fosfor miqdori ham, oltingugurt miqdori ham 0,06-0,07% dan oshmasligi kerak;
Sifatli po‘latlar asosan marten pechlarida olinadi. Po‘lat tarkibidagi oltingugurt va fosforning miqdori 0,0035-0,04%dan oshmasligi kerak. Bu sinfga mansub bo‘lgan po‘latlardagi uglerod miqdori tekshirib boriladi. Xar bir tamgadagi uglerod miqdori tekshirib boriladi;
YUqori sifatli konstruksion uglerodli po‘latlar tarkidagi zararli elementlarning miqdori aloxida olinganda 0,25% dan oshmasligi kerak;
Maxsus yuqori sifatli po‘latlarda esa zararli elementlar xar birining miqdori 0,015% dan oshmasligi kerak. Bunday po‘latlarning zarbiy qovushoqligi yaxshi bo‘ladi, past temperaturalarda ham ishlay oladi, yuqori chidamlilikka ega.
Konstruksion po‘latlar tamg‘asida po‘lat tarkibidagi uglerodning 0,01% aniqlikdagi miqdori sonlar bilan belgilanadi. Asbobsozlik po‘latlari uchun esa uglerod 0,1% aniqlikda butun sonlar bilan belgilanadi. Asbobsozlik po‘latlari uchun esa uglerod 0,1% aniqlikda butun sonlar bilan belgilanadi. Masalan, po‘lat 20 da uglerodnng miqdori 0,17-0,24%, ya’ni o‘rtacha 0,2% ga teng. Legirlangan po‘lat tamgasidagi sonlardan keyin legirlovchi element nomining rus alifbosidagi biror xarflari kuyiladi, masalan, B-niobiy, V-volfram, G-marganes, D-mis, C-kobalt, M-molibden, N-nikel, P-fosfor, R-bor, T-titan, S-kremniy, F-vannadiy, X-xrom, S-sirkoniy, YU-alyuminiy. Bu xarflardan keyin ularning o‘rtacha miqdorini bildiruvchi butun sonlar kuyiladi. Masalan, po‘latning markasi 20X deb belgilangan bo‘lsa, unda uglerodning o‘rtacha miqdori 0,2 %, xromning miqdori esa 1,0-1,5% ligini ko‘rsatadi.
Ishlatilish sohasi buyicha ham po‘latlar sinflarga bo‘linadi: qurilish po‘latlari,
mashinasozlik-konstruksion po‘latlar,
asbobsozlik po‘latlari,
maxsus fizik yoki kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan po‘latlar va xokozo.
Po‘latlar strukturaga binoan ham sinflarga bo‘linadi. Masalan, yumshatilgan yoki normallangan po‘latlar, bunday po‘latlar legirlovchi elementlar turi va termik ishlanishiga qarab:
ferrit,
perlit,
austenit,
ledeburit,
martensit sinfiga kirishi mumkin.
Uglerodli konstruksion po‘latlar mashinasozlikda eng ko‘p tarqalgan po‘latlar bo‘lib, metallurgiya sanoatidagi hamma ishlab chikarilayotgan po‘latlarning kariyb 80% ini tashkil qiladi. Uglerodli po‘latlar sifati jixatidan bir necha sinflarga bo‘linadi. Oddiy sifatli konstruksion po‘latlar A, B, V gruppalarga bo‘linib, ular mexanik hususiyatlari hamda kimyoviy tarkiblari bilan bir-birlaridan farq qiladi.
A gruppadagi po‘latlarning ham mexanik xossalari tartibga solingan, kimyoviy tartibga aniq belgilanmagan. Bunday po‘latlar kuyidagicha markalanadi: St0, St1, St2, ..., St6, St7.
B gruppadagi po‘latlarning kimyoviy xossalari tartibga solingan, mexanik xossalari esa aniq belgilanmagan. Bunday po‘latlarning markasi oldiga sinf belgisi kuyiladi: BSt4, BSt4kp, BSt5 va xokozo.
V gruppadagi po‘latlarning ham mexanik, ham kimyoviy xossalari aniq tartibga solingan, bunday po‘latlardan xar qanday qayta ishlash yo‘li bilan (payvandlash, termik ishlov berish) mashina konstruksiyalarini yasash mumkin. Ular kuyidagicha markalanadi: VSt3 yoki VSt5 va xokozo.
Legirlangan elementning po‘lat tarkibidagi umumiy miqdoriga qarab, ularni uchta sinfga bo‘lish mumkin:
kam legirlangan,
o‘rta legirlangan,
yuqori legirlangan.
Kam legirlangan sementatsiyalanadigan po‘latlarda odatda 0,1-0,3% uglerod hamda 0,2-4,4% gacha legirlovchi elementlar bo‘ladi. Bunday po‘latlarning ustki qatlami uglerodga tuyintirilib, so‘ngra termik ishlov beriladi, bunda o‘rta qismning qovushoq va plastikligi saqlab kolinadi, natijada etarli yuza qattiqligiga erishiladi (NRS=58-63)
Po‘latdagi legirlovchi elementlarning soni va miqdorlari qancha ko‘p bo‘lsa, toblash chukurligi shuncha katta bo‘ladi. Zagatovkaning o‘lcham va massasi katta bo‘lsa, uni tayyorlash uchun o‘rta yoki yuqori legirlangan po‘lat qo‘llaniladi.Po‘latning tarkibida nikeldan boshqa elementlar qancha ko‘p bo‘lsa, mo‘rtligi shuncha oshadi.Bunday po‘latlarning mexanik xossalari toblangandan keyin beriladigan bo‘shatish temperaturasiga bog‘liqdir.
O‘rtacha kuchlanishda ishlaydigan mashina vositalari yoki texnologik uskunalarni tayyorlashda 30X, 40X, 45X,50X kabi xromli po‘latlar ishlatiladi. Bunda uglerodning miqdori ortib borishi bilan po‘latning mustahkamligi ortib boradi, lekin zarbiy qovushqoqlik yoki plastiklik ancha kamayadi.
Po‘lat kam miqdordagi ko‘p elementlar bilan legirlanganda tannarxi arzon, juda yaxshi mexanik xossalarga ega murakkab legirlangan po‘latlar xosil bo‘ladi. Masalan, xrom-kremniy-marganesli (30XGSA,35XGSA) po‘latlar. Bu po‘latlar yaxshi payvandlanadi, kesib ishlanadi va plastik deformasiyalanadi, lekin toblash chukurligi uncha katta emas (25-40mm). Bunday po‘latlar avtomobil va kishlok xujaligi mashinalarini ishlab chiqarishda ko‘plab qo‘llaniladi.
Xozirgi vaqtda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan material deganda 2000 MPa bo‘lgan materiallar tushuniladi. Bunday materiallarning zarbiy qovushoqligi ham 0,2 MJ/m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday talablarga erishish uchun po‘latlarning bir yula bir necha legirlovchi elementlar bilan legirlovchi, deformasion termik mustahkamlikka erishiladi.
Nikel, kobalt, titan, molibden, xrom kabi elementlar bilan legirlangan kam uglerodli (0,03%) po‘latlarni martensitga eskirtirilganda juda katta mustahkamlik (1600-2500 MPa) va yaxshi qovushoqlik (0,3-0,5 MJ/m2) ga erishish mumkin. Bunday po‘latlar martensitga eskiradigan (ya’ni eskirtirishda martensit xosil bo‘ladi) po‘latlar deyilidi. Martensitga eskiradigan po‘latlar asosan samolyosozlikda, raketa texnikasida, kemasozlikda va kriogen texnikada (gazlarni suyuqlantirish sanoatida) ko‘p qo‘llaniladi.
3.Mashina va uskunalarning ishdan chiqishining asosiy sabablaridan biri ishqalanish juftlarining eyilishidir. Ishqalanish juftlari materiallarining sifati ham mashina va uskunalarning ishlash sifatini belgilaydi. Materiallarning charchash va sirpanishdagi emirilishga karshiligi katta bo‘lishi uchun materialning qattiqligi katta va struktura tuzilishi mukobil hamda uzga metallmas qo‘shimchalardan xoli bo‘lishi kerak. Tarkibi va strukturasi buyicha bunday po‘latlar maxsus standartga ega. Ularning tarkibidagi uglerodning miqdori 1% atrofida bo‘ladi. Bunday po‘latlar uchun xrom asosiy legirlovchi element hisoblanadi. Xromning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, toblash chukurligi shuncha katta bo‘ladi, masalan, SHX6 po‘lat (S=1,0%, Sr=0,6%, Mn=0,38% , Si=0,25%)ning toblash chukurligi 10mm dan oshmaydi. SHX15GS po‘latning toblash chukurligi 30 mm dan katta. Yirik ishqalanish juftlarini tayyorlashda esa toblash chukurligi katta bo‘lgan 20X2N4 po‘lat ishlatiladi.
Zanglatuvchi agressiv muhitda ishlay oladigan po‘latlar va metall asosidagi qotishmalarga zangbardosh po‘latlar xromli yoki xrom-nikelli bo‘lishi mumkin. Xromli po‘latlar ferrit, martensit yoki fermit- martensit strukturaga ega bo‘lishi mumkin.
Xromli zanglamas po‘latlarning struktura va xossalari xrom va uglerod miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Oksidlovchi muhitda xrom passiv xolatga o‘tadi, chunki material yuzasida xrom oksid xosil bo‘ladi. Xromning miqdori 12-14% ga etganda turg‘un xrom oksid pardasi uzliksiz xosil bo‘ladi. SHuning uchun o‘rtacha 13% xromga ega bo‘lgan po‘lat zanglatuvchi havo muhiti, dengiz suvi, xatto bir qator kislota va ishqorlar hamda tuz eritmalarida barqaror bo‘ladi.
Po‘latlar xrom va nikel (yoki marganes) bilan birga legirlanganda uning zangbardoshligi yana ortadi.
Xrom-nikelli po‘latlarning kamchiligi ozgina kimyoviy tarkibi uzgarsa ham uning mexanik xossalarining keskin o‘zgarishidadir. Bunday po‘latlarga termik ishlov berish 9750S temperatura gacha kizdiriladi, so‘ngra minus 50-750S temperaturada sovuqlayin ishlov beriladi, keyin eskirtiriladi, xosil bo‘lgan struktura austenit va bo‘shatilgan martensitdan iborat bo‘ladi.
Xromli va xrom nikelli po‘latlarga qo‘shimcha ravishda alyuminiy va kremniy elementlari kushilsa, olovbardosh po‘latlar turkumi (40X9S2, 10X13SYU, 12X18N9T)ni xosil qilish mumkin. Masalan, 40X9S2 po‘latlardan avtomobil va samolyot dvigatellarining klapanlari tayyorlanadi.
Gaz trubalarining ishchi qismi, reaktiv hamda ichdan yonuv dvigatellarining kameralari, neft-ximiya sanoati uskunalari materiallari yuqori temperaturada berilgan vaqt davomida mustahkamligini yuqotmasdan ishlay olishi kerak. Bunday materiallarga yuqori temperaturaga (>5000C) chidamli po‘latlar va qotishmalar kiradi.
Asbobsozlik po‘latlari sinfiga uglerodli va legirlangan po‘latlar kiradi. Ularning qattiqligi, chidamliligi, ishkalanib emirilishga karshiligi katta bo‘lishi kerak.
Asbobsozlik po‘latlari issiqbardosh, ya’ni yuqori temperaturada uz xossalarini yuqotmasdan ishlay olishi kerak. Materialni qayta ishlash uchun sarf bo‘layotgan energiyaning anchagina qismi issiqlik energiyasi sifatida ajralib chikib, asbobning ishchi yuzasida yig‘iladi. SHuning uchun asbob materialining yuqori temperaturada fizik-mexanik xossalarini saqlay olishi ishlab chiqarish unumdorligini belgilaydi. Uzok vaqt ishlaydigan ulchov asboblarining o‘lchamlari barqaror, ya’ni uning materiali qattiq va eyilishga chidamli bo‘lishi kerak. Kukun metallurgiyasi taraqqiyoti yangi asbobsozlik qotishmalarini yaratishga imkon beradi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari sifatli va yuqori sifatli bo‘ladi. YUmshok materiallarga ishlov beriladigan asboblar sifatli hamda yuqori sifatli uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi. Tamgalardagi “U” xarfi uglerodli po‘lat ekanligini bildirsa, sonlar esa 0,1 aniqlikda uglerodning % miqdorini ko‘rsatadi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan yogochlarga ishlov beradigan parma, keskich, metchik, plashka (U11, U12) kabi kesuvchi asboblar hamda uy ruzgor asboblari (tesha, bolta, arra va xokozolar)ni yasashda foydalaniladi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlariga karbid xosil qiluvchi W, Mo, V, Co kabi elementlar kushilsa, ular kesish tezligini oshiradi. Ayniksa po‘lat tarkibidagi volfram elementining miqdori 9-18% gacha etkazilsa, issiqbardoshlik 600-6500 S ga ortadi, ya’ni ularning ish unumdorligi uglerodli asbobsozlik po‘latlariga qaragandi 3-5 marta ortadi. SHuning uchun ham bunday po‘latlar tezkesar po‘latlar deb ataladi. Ularda legirlovchi elementlarning miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun ularning toblash chukurligi katta bo‘ladi.
Tezkesar po‘latlarni issiqbardoshliligi buyicha shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin:
1) volfram va molibden kabi legirlovchi elementlar kushilgan tezkesar po‘latlar. Ularning issiqbardoshliligi 6200 S dan oshmaydi (R9, R12, R18, R6M3, R6M va xokozo)
2)volfram, kobalt va vannadiy kabi legirlovchi elementlar kushilgan tezkesar po‘latlar, ularning issiqbardoshliligi 6700S ga etadi(R18K5F2,R10K5F2, R9M4K8 va xokozo).
Mashinasozlikda ishlatiladigan ulchov asboblarining yuzasi tep-tekis (toza) hamda termik ishlash jarayonida deformasiyalanmasligi, yaxshi elastiklikka va korroziyabardoshlikka ega bo‘lishi hamda uzok vaqt davomida emirilmasdan ishlay olishi, ya’ni o‘lchamlarini saqlay olishi kerak. Ulchov asboblarini yasash ko‘pincha kam legirlangan asbobsozlik po‘latlari (X, XVG, XG, 9XS, 12X1 va xokozo). Bunday po‘latlar toblash uchun 840-8800 S gacha kizdiriladi. Kizdirish temperaturasi bundan oshsa, so‘ngra moyda toblanadi. Kizdirish temperaturasi bundan oshsa, eyilishga chidamliligi kamayadi. Toblangan po‘lat 120-1400 S gacha kizdirilib, shu temperaturada 12-60 soat ushlab turiladi. Natijada asbob yuza qismining qattiqligi (NRS) 62-64 ga etadi.
Kiyin eriydigan metallarning kukun xoldagi karbidlari juda katta qattiqlikka ega. Asosi metall bo‘lagan kukun xoldagi karbidlar bilan tuyintirilgan materialga metall-keramik qattiq qotishmalar deyiladi.
Qattiq qotishmani xosil qilishda katnashayotgan karbidlarning miqdoriga qarab, volframli (b-v-o), titan- volframli (v-o) hamda titan-tantal-volframli qattiq qotishmalar bo‘lishi mumkin. Bunday qattiq qotishmaning strukturasi karbidlardan iborat bo‘lib, karbidlar esa o‘zaro kobalt elementi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Volfram karbidli (VK) qattiq qotishmalarning issiqbardoshliligi 8000 S gachadir. Bunda donachalar qancha mayda va bog‘lovchi element (S0) qancha kam bo‘lsa (VK3, VK6), qotishmalarning eyilishga chidamliligi shuncha katta, lekin qovushoqligi esa kichik bo‘ladi.
Titan- volfram karbidli qotishmalarning issiqbardoshliligi 900-10000S ga etadi. Bunday qotishmaning tarkibida TiC va WC karbidlar bo‘laganligi uchun uning qattiqligi VK turkumiga kiruvchi qotishmalar qattiqligiga qaraganda ancha katta bo‘ladi, strukturasining tuzilishi esa tarkibidagi karbidlarning nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qotishma tarkidida Ti C ko‘p bo‘lsa, strukturada kariyb (TiW)C xosil bo‘ladi.
Titan-tantal-volfram karbidli (TTK) qattiq qotishma volfram karbid (WC) bilan uchlamchi karbid (Ti, Ta W)C li qattiq eritmani xosil qiladi. SHuning uchun bu qotishma juda katta qattiqlik (HRA -90-92) va yuqori issiqbardoshlikka (11000S) ega. Uch karbidli (TT7K12, TT10K8-B) qotishmalar ham po‘latlarga ishlov berishda ishlatiladi.
Payvand konstruksiyasi SAPH 440 T 2 materialidan tayyorlangan va detallar yuzalarining keng bo‘lgani uchun bu detalning asosiy qismlarini bir-biriga maxkamlashda nuqtali payvandlash usulidan foydalaniladi. CHunki bu usulda detal etarlicha mustaxkamlikka erishadi.
Payvand konstruksiyasida SAPH 440 T 2 materialidaan tayyorlangan bo‘lgani uchun bu materiallar SO2 gazi ostida payvandlashda mustaxkam payvand choki beradi. SHuning uchun bu konstruksiyani yig‘ish va payvandlash uchun yarim avtomatik usulda SO2 gazi ostida payvandlashni tanlanadi.
Po‘latlarning turli rusumlarini payvandlash uchun ishlatiladigan sim rusumlari
Rusumi
Ishlatilishi
SV-08 GS
300-400 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun
SV-08 G2S
600-750 A tok bilan uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun
Sv-10XG2S
Puxtaligi oshirilgan kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun
Sv-10XG2SM
15XMA turidagi issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun
Sv-08XGSMF
20XMF turidagi issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun
Sv-08X3G2SM
30XGSA rusumli po‘latni payvandlash uchun
Sv-08X14GT
Sv-08X17T
12X13, 12X17 turidagi xromli po‘latni payvandlash uchun
Sv-06X19N9T
Sv-08X19N10B
08X18N10T, 12X18N9T, 12X18N10T rusumli korroziyaga chidamli po‘latlarni payvandlash uchun
T 250 avtomobilini oldi o‘ng boshqaruv richag qismini tayyorlashda ishlatiladigan detallar 3 turga bo‘linadi.
1 Upper
2 Lower
3 Vtulka . bu detall tayyor holatda keltiriladi.
Bu detallarni tayyorlashda asosan kam legirlangan JIS G 3113-06 markadagi po‘latdan foydalaniladi. Quyida JIS G 3113-06 markadagi po‘latning xususiyatlari keltirilgan.
Turi
List qalinigi
Kimyoviy tarkibi
CHo‘ziluvchanligi
P
S
SAPH 310
1.6-14.0
0.40
0.40
310
SAPH 370
1.6-14.0
370
SAPH 400
1.6-14.0
400
SAPH 440
1.6-14.0
440
Payvand konstruksiyasida SAPH 440 T 2 materialidaan tayyorlangan bo‘lgani uchun bu materiallar SO2 gazi ostida payvandlashda mustaxkam payvand choki beradi. SHuning uchun bu konstruksiyani yig‘ish va payvandlash uchun yarim avtomatik usulda SO2 gazi ostida payvandlashni tanlanadi.
Payvand konstruksiyasi SAPH 440 T 2 materialidan tayyorlangan va detallar yuzalarining keng bo‘lgani uchun bu detalning asosiy qismlarini bir-biriga maxkamlashda nuqtali payvandlash usulidan foydalaniladi. CHunki bu usulda detal etarlicha mustaxkamlikka erishadi.