3. Kirxgof qonunlari
Kirxgof qoidalari ham deyiladigan Kirxgofning ikkita qonuni murakkab elektr zanjirlarini hisoblashda ishlatiladi va ularning elektr holatini to‘liq aniqlaydi. Murakkab zanjirlar uchun tarmoq, tugun va kontur degan tushunchalar qo‘llaniladi. Elektr zanjir tarmog‘i zanjirning bitta tok o‘tadigan qismi bo‘lib, u ketma-ket ulangan elementlardan rezistorlar, elektr energiyasi manbalari va shunga uxshashlardan tarkib topadi. Elektr zanjir konturi bu bir necha tarmoqlar bo‘yicha aylanib o‘tish mumkin bo‘lgan istalgan yopiq yo‘l. 2.2-rasmdagi zanjir uchta tarmoqdan tarkib topgan bo‘lib, unda ikkita tugun va uchta kontur bor.
Kirxgofning birinchi qonuni (toklar uchun qonun) elektr zanjir tugunlariga taalluqlidir. Bu qonunga muvofiq elektr zanjirining istalgan tugunida tugundan yo‘nalgan toklarning yig‘indisi tugunga yo‘nalgan toklarning yig‘indisiga teng.
2.2-rasmda «a» tugun uchun I1 + I2 = I3 boshqacha aytganda, zanjirning istalgan tugunida toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng: I=0,
Xulosa
Joule qonuni, Joulening birinchi qonuni yoki Joule-Lenz qonuni— oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori tok kuchi / kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U , bunda — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt da olinsa, koeffitsiyent −0,239=0,24 boʻlganda kaloriyalarda, k—h boʻlganda joullarda ifodalanadi. Joule qonunini James Prescott Joule 1841-yilda yaratgan, undan mustaqil ravishda Emil Lenz 1842-yilda tajribada tasdiqlagan. Joule qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.