Andijon Moshinasozlik Insituti Elektrotexnika fakulteti eee-yonalishi k-01-22 guruh talabasi Matkarimov Bekchonning Tilning soxada qollanilishi fanidan mustaqil ishi
Andijon Moshinasozlik Insituti Elektrotexnika fakulteti EEE-yonalishi k-01-22 guruh talabasi Matkarimov Bekchonning Tilning soxada qollanilishi fanidan mustaqil ishi
Ozbekiston Respublikasi Pirizidenti SH,Mirziyoyev “Ozbek tilining soxada davlat tili sifatidagi nufizi va mavqeyini tubdan oshirish chora –tadbirlari togrisida”gi Farmonda belgilangnan vazifalarning amalda bajarilishi boycha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikri va mulohazalari bayonetlgan maqolalari bilan tanishish
Mavzu:
Reja:
1,Ozbek Tilining soxadagi ahamyati
2,Pirzdent- ozbek tili nufuzini oshirishi togrosda
3 gi Farmonda belgilangnan vazifalarning amalda bajarilishi
Maʼlumki, Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda koʻplab qad koʻtarmoqda.
Albatta, ularning orasida “Toshkent-Siti” ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.
Guvoh boʻlib turganingizdek, “Toshkent-Siti” markazi oʻzining meʼmoriy qiyofasida shaharsozlik sanʼatining eng soʻnggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi.
Maydoni 80 gektardan iborat ushbu markazni qurishdan asosiy maqsad – zamonaviy, “aqlli shahar” barpo etish, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uchun jonajon Vatanimiz, birinchi navbatda, goʻzal poytaxtimiz jozibadorligini oshirishdan iborat.
Biz Oʻzbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirayotganimizdan xalqimiz va xalqaro hamjamiyat yaxshi xabardor, albatta. “Toshkent-Siti” markazini barpo etish gʻoyasi ham, aynan oʻsha strategiya bilan bir paytda tugʻilgan edi.
Oʻzbekiston tajribasida birinchi boʻlgan shunday katta miqyosdagi va noyob loyihani amalga oshirish uchun koʻp narsani yangitdan oʻrganishimiz, tinimsiz izlanishga toʻgʻri keldi.
Qurilish maydoni 1 million 600 ming kvadrat metrga teng boʻlgan yangi markazning 30 foizini uy-joylar, 30 foizini ofislar uchun binolar, yana 30 foizini savdo majmualari, 10 foizini mehmonxonalar fondi tashkil etadi.
Barchangiz koʻrib turibsiz, bugun bu hududda ulkan bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Nasib etsa, 2021-yilda qurilish ishlari toʻliq yakunlanib, ushbu markaz xalqimizga va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat qilishni boshlaydi.
Qisqacha aytganda, “Toshkent-Siti” markazi Oʻzbekistonda qurilish va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boshlangani, bu sohada biz koʻp narsaga qodir ekanimizni koʻrsatadi, desak, ayni haqiqat boʻladi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston oʻzining ochiq va konstruktiv siyosati bilan mintaqamizdagi yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylanib bormoqda. Jahondagi nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, moliyaviy institutlar, ishbilarmon doiralar tomonidan Oʻzbekistonda qator tadbirlar, anjuman va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Tabiiyki, kelgusida bu jarayonlar yanada kuchayadi, Oʻzbekiston yana koʻplab yirik xalqaro sammitlar, forum va simpoziumlarga mezbonlik qiladi.
Shu maʼnoda, ushbu muhtasham majmua nafaqat davlatimiz, balki xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yangi gʻoya va tashabbuslar tugʻiladigan, muhim tarixiy hujjatlar qabul qilinadigan maskanga aylanadi, deb ishonamiz.
Mamlakatimizda yaratilayotgan yangi tarix, yangi taraqqiyot davrining, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy ifodasi boʻlmish mana shu betakror majmuada birinchi boʻlib ona tilimizga – davlat tiliga bagʻishlangan tantanali marosimni oʻtkazayotganimiz bejiz emas.
Bugun ushbu muhtasham majmuaga dastlabki aziz mehmonlar sifatida tashrif buyurgan siz, qadrli yurtdoshlarimizni, muhtaram faxriylarimizni, ona tilimizning jonkuyari boʻlgan ziyolilarimizni, deputat va senatorlarimiz, faol yoshlarimizni, diplomatik korpus vakillarini chin qalbimdan tabriklash menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.
jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktyabr sanasini — «Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini, o‘ylaymanki, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham o‘shanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman.
Shu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Shuningdek, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga erishmog‘imiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablag‘larni aslo ayamasligimiz kerak.
O‘zining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.
Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin.
Jamiyatimizda til bilan bog‘liq eng ko‘p muhokama qilinayotgan, haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan mavzu — bu joy nomlarini belgilash masalasi, desak, xato bo‘lmaydi.
Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o‘rganib chiqishi va tartibga solishi zarur.
Jamoatchiligimiz, xalqimizning xohish-istaklarini inobatga olib, o‘tgan yili ushbu tarixiy sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilganimizdan hammangiz xabardorsiz. Bugun mamlakatimizda birinchi marta keng nishonlanayotgan ana shu bayram ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin oladi, deb ishonaman.
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugungi kunda biz yangi O‘zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.
Chunki necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish – millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir.
Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ko‘plab ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslashgan hamda ta’lim chet tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari soni oshib bormoqda.
Bugungi kunda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy o‘quv yurtida o‘zbek tili va adabiyoti o‘rganilmoqda, ushbu sohada ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik olimlar safi tobora kengaymoqda. Kuni kecha Afg‘oniston Islom Respublikasida O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari birinchi marta davlat miqyosida nishonlanganini mamlakatimiz jamoatchiligi, butun o‘zbek xalqi katta mamnuniyat va xursandchilik bilan olqishladi.
Fursatdan foydalanib, qardosh Afg‘oniston davlati rahbariyatiga o‘zbek tiliga rasmiy til maqomini berib, unga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibor va hurmati uchun yana bir bor chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu ko‘hna zaminda yashayotgan barcha millatdoshlarimizni bugungi qutlug‘ bayram bilan el-yurtimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.
Muhtaram yurtdoshlar!
Mamlakatimizda o‘zbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yana-da mustahkamlash borasida oldimizda katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi.
Shu maqsadda “Davlat tili haqida”gi qonun loyihasining yangi tahriri hamda shu munosabat bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihalari tayyorlanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Xabaringiz bor, kuni kecha “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Farmon ijrosini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, tibbiyot sohalarida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy muassasalar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni kuchaytirishimiz kerak. Hozirgi kunda mamlakatimizda yashayotgan, O‘zbekistonimizni yagona va ahil oila deb biladigan turli millat va elatlar vakillari ham o‘zbek tilini o‘rganishga katta qiziqish va istak bildirayotganlari ayniqsa e’tiborlidir.
Shu munosabat bilan bu borada motivatsiya omillarini kuchaytirish, maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar, zamonaviy o‘qitish uslublarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashgan dunyoda tillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri, jumladan, chetdan so‘z qabul qilish ko‘lami va sur’ati ortib bormoqda