XALQ PЕDAGOGIKASIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALARI.
II-kurs magistri Raxmatullayeva Mushtariy Pardaboy qizi. Jizzax davlat
pedagogika instituti.
Annotasiya:
Ushbu maqolada xalq pеdagogikasida ta'lim va tarbiya
masalari
yoritilgan
. Xalq pedagogikasida hayotiy va pedagogik ma’lumotlar,
kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida o’zlashtiriladi. Xalq
pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq
va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, ekanligi kursatilib
o’tilgan.
O’tmish tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy
vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat
qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining
maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga
yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan
iborat bo’lmog’i lozim.
Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga
katta e’tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga
javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish
masalasining keskinligini tushirmaydi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga
tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-
iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash
mumkinmi; - degan masalada qizg’in bahs munozara boradi.
Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini
tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo’ladi? SHubhasiz, moziy
tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo’llash mumkin
bo’lgan ko’p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o’z davrida ijtimoiy
xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va
malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo’llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.
Milliy pedagogika xalqning ta’lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari,
g’oyalari, an’analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati
shuki, u birinchidan o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga
ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o’z ifodasini xalq
pedagogikasining barcha g’oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda
sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida
topadi..
Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik
ma’lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib muomala jarayonida
o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan
birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi,
omili hisoblanadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng
yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo’stlik,
mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo’ylik.
Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo’ladiki, u
ko’pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va
boshqalar bilan o’zaro munosabatda yorqin namoyon bo’ladi. Bu muammolar
olimlar tomonidan o’rganilmoqda.
O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali
o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga
kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma’nodagi
inson bo’ladimi, yo’qmi-bu uning ota-onasi, uni o’rab muhit va boshqa odamlar
bilan o’zaro munosabatiga bog’liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina
avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqarilgan turli ong shakllarini
o’zlashtirsagina go’dak insonga aylanadi. Bolaning tug’ilishi bilan birga,
tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo’lmagan
hodisadir. Bu g’oya ko’psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan.
Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq tarbiyasini hozir
bolaga g’amxo’rlik qilish, uning sog’ligi haqida qayg’urish, uning hayotini himoya
qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyasi uchun ularga ta’sir qilishning majmuasi hisoblanadi.
O’zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz, u
o’ziga yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e’tirof etishimiz mumkin.
Buyuk ma’rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g’oyalarini
o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g’oyalari ularning asarlaridan joy
topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “bolalar
tarbiyasi va ta’limi” bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an’analaridan Al-
Farobiyning “Katta musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar bor, Nosir
Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug’lanadi.
Xalq
pedagogikasini
o’rganishga
S.R.Rajabov,
A.Ismoilova,
I.Obidova,
S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o’zbek
olimlarining ishlari bag’ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda
o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratsak bo’ladi:
•
bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro
aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;
•
shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;
•
xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida
mujassamlashuvi;
•
ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;
•
xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;
•
xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik,
oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.
Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula,
doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar
mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-
o’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real(hayotiy)
qarashlarini ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki
ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi
orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi.
Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan
bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz.
An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning
tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat
jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda
bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning
an’anaviy muomala shakli shakllanadi.
Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish
oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda
insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo
bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik
o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash
tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining
mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida
ahamiyati bilan bog’liq.
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p
yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida
pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan.
Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi.
Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini
aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv
mashg’ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi
o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. Chunki bola o’zini
qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi
bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi,
hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining
markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom
bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat
go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng
huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi,
oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki
ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada
ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi,
kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan.
O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari.
Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik
asoslari quyidagilar hisoblanadi:
1.
Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish
sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari
Sh.M.Mirziyoyev asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.
2.
Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish
choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq
etish.
3.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.
Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy
davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar
nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy
havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida
choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir.Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy
qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot
tarzining buzilishini keltirib chiqardi.
Shuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi
tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning
maqsadi quyidagilardir:
1.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini
ta’minlash;
2.
Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni
ta’minlash.
Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining
yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi:
•
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;
•
davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik
fond va tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish;
•
aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik;
•
kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish.
Xulosa qilib aytganda milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini
inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla
qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli
tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va
amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi.
ADABIYOTLAR
1.Sh.M. Mirziyayev. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz -Toshkent, O`zbekiston, 2016.
2.G’oziyev E., Xolmuhamedov M., O’zbekiston respublikasi xalk ta’limi tizimida
psixologik xizmat, Xalk ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini
oshirish va ularning attestasiyasi xakida Nizom. - Toshkent. 1986. Ibrohimov X.
Psixologiya metodologiyasi– T.: 2002.
3.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi: nazariy- eksperemental taxlil /E.
G’oziyev; O’z. R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Milliy
Universiteti. – Toshkent. : Nochir, 2010.
Dostları ilə paylaş: |