Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu


 "AVESTO" VA QADIMIY DEHQONCHILIK AN`ANALARI



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix12.05.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#112679
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

4. "AVESTO" VA QADIMIY DEHQONCHILIK AN`ANALARI
XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR. 
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari 
paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil 
bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan 
Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma 
dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki 
O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun 
madaniyati 
bo`lib 
melodgacha 
bo`lgan 
6-4 
ming 
yilliklarda 
shakllanganligidan dalolat beradi. 
Dehqonchilik 
tarixini 
o`rganish 
tarixning 
turli 
boskichlarida 
halqlarning ijtimoiy-iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari 
rivojlanishini xujalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil 
qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy 
dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar 
tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli 
muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib 
borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham 
erishilgan. 
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va 
dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va 
rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar 
doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz 
xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik 
marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz 
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda 
hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi 
qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o`rganixda muhim 
ahamiyatga ega. 


Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis 
folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli 
afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon 
bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha, 
marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar 
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning 
fikricha, ruxning usimlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi 
mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan 
quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari 
dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan. 
Mashxur ingliz tadkikotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga 
suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta 
tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar 
madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida oralik bug`in tarzida 
ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-taqqoslash 
usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining 
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat 
kilgan . 
Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi 
bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik 
mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf-
odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan. 
Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk 
ko`rinishlari 
va 
rasm-rusumlarini 
yozma 
manbalar, 
jumladan, 
zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil 
kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari 
bilan uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4. 
Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati 
bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman 
marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada 


dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng 
ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni 
xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib 
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va 
chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi. 
Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi 
Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga 
va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. 
Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon 
Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida qayd 
etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht 
va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: 
"Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning 
buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga 
kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan. 
"Avesto"ning juda kup urinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy 
omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat 
beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus 
irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli 
taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun 
odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan 
ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu 
davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsa-da chorva xususiy mulk bo`lganligini 
"Avesto"dan kurishimiz mumkin. 
"Avesto"da 
dehqonlarni 
vastriofishuyant 
deyilgan. 
Bu 
so`zning 
etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy 
kuchmanchi mashg`uloti — chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir 
manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning 
yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib 
uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi 


esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki 
so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6. 
"Vendidod" va "Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish, 
ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yul-yurikdar 
bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4-bandida 
Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok 
bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" — degan savoliga javob tariqasida 
Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan 
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar 
kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb 
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt 
ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi. 
Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish, 
kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini 
kutadi"8. 
Halqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik 
mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar 
saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham 
tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash, 
suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob, 
dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik 
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX 
asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida 
baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada 
ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi 
kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy
kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindosh-urug`larga omad 
tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini 
yog` bilan moylaganlar15. 


Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning 
ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat 
bo`lgan xukiz yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan magik niyat 
mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki 
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan. 
"Avesto"da yozilishicha, "kimda-kim bug`doy eksa, u Ashaxni 
(Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini 
yuzlab hamdu sano, nazru niyoz va o`n minglab kurbonliklar 
kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar 
urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar 
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola 
chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar. 
Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha 
olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan 
temir devlar buynini chirmab tashlaydi"9. Ko`rinadiki, "Avesto" paydo 
bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik 
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan.
Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va 
marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos 
xurmat-extiromni turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib 
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi 
halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab 
jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan. 
Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri 
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh 
xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida 
kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan 
namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta 
sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak 
pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda 


halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz 
lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek 
halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan 
birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urf-odatlar shakllangan. 
Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir 
gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda 
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy 
odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. 
Chunki donni-nonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning 
ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli ins-jinslar va yovo`z kuchlar 
yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi 
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning 
yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non 
quyilgan. Xorazmda non bulaklarini tumor kilib taqilgan va non uchun 
hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar 
yakinlashmaydi deyiladi. 
XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past bo`lib, xosil 
kam bulsa va bu xodisa ikki-uch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar 
salbiy nazar bilan qarashgan. Giyox unmaydigan yoki kam xosilli 
paykallarni «it tekkan yer» (ins-jins tekkan manosida), "xudo qarg`agan 
yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok 
yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari 
topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan 
keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak 
olib urab quyishgan va ikki-uch yil davomida sug`ormaganlar, ekin 
ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida 
uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura 
zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini 
bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois 
o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqa-baland tepaliklarga 


eltib maxsus supalarga quyilgan. "Veididod"ning 7-fargardi, 7-bulimida 
Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi 
yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga 
qaytadi? — degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam 
jasadi yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik 
xoliga qaytadi" — deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda 
Zardushtga karata "odam jismi tuprokka topshirilgan laxzadan ellik yil 
utganidan sung zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" — deb ta`kidlagan11. 
Demak biz bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urf-
odatlari kecha yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik 
tarixiga ega ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi 
o`zbeklarida yerga dastlabki ishlov berish, yani yil boshidagi dastlabki 
dehqonchilik yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan. 
Navro`z ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki 
yukorida aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari 
boshlangan. Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omon-
eson chikib, baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta 
dehqonchilik 
ishlariga 
jiddiy 
tayyorgarlik 
ko`rganlar, 
omoch-
buyinturiklarni, molalarni sozlab, taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar 
to`zatilib ishga yarokli xolga keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan 
xukizlarni yaxshi parvarishlab, ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu 
bois ham o`rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi 
kishavorzon" – ―dehqonlar bayrami" deyilgan12. Zaxmatkash dehqonlar 
aynan ushbu kun qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar. 

Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin