Andijon Qishloq xo’jaligi instuti
REFARAT
Mavzu:
―Avesto‖-tarixiy manba sifatida
Tekshirdi:
Tursunov B
Bajardi: KPT 1 Sheraliyev Husniddin
ANDIJON-2014
Mavzu: ―Avesto‖ – tarixiy manba sifatida
Reja:
1. Zardushtiylikning paydo bo`lishi.
2. Avestoning muqaddas yozuvi.
3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar.
4. "Avesto" va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida
ayrim mulohazalar.
―Avesto‖ ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi1.
Islom Karimov
"Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron
xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu
ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi
bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari
(Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
"Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus
alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida
sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha
ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan
sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"),
Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi
kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna
tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib,
ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar
hayoti lavhalari uchraydi.
"Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk
sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U
haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka,
O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari
mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu
Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto"
ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir
ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida
saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N.
Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston
Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi
nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek
tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |