Zardushtiylik ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda
ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi
e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan
monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy
to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot
kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga
da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi
kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u
rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar,
ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar.
Zardusht
insonlarga
tinch-totuv
yashashni,
halol
mehnat
qilishni
o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha
narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining
bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari
ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy –
misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar
kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va
qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha
yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki
Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta
yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to`rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik
dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland «sukut
minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar
yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol
idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda
poklik
bilan
nopoklikning
bir-biriga
yaqinlashmasligiga
erishiladi.
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av.
XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari
unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib,
birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa
«Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik
mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik
tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy
jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot
shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya,
Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq)
ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida
zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan.
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut
faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi
kongresslar Boybeyda o`tkazildi.
Dostları ilə paylaş: |