Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu


Avestoning tarkibiy qismlari



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix12.05.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#112679
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas 
kitoblarining majmuidir. U – murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan 
to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-dayevodatam – 
«Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib 
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob 
bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, 
uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha 
yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida 
Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi 


fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan 
zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi 
fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, 
Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-
javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, 
Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna – yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, 
topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan. 
Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda, 
ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat 
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot 
she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami 
bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar 
deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, 
yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna – «Yetti bob Yasna» deb 
nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib, 
zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa 
«otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov Axura-Mazda 
nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. 
Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, 
eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa 
chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab 
atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» 
deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb 
atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar 
hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat 
namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha 
hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng 
qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan 
boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar 
sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan 


kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak 
Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar 
(kohinlar) 
uchun 
qonun-qoidalar, 
diniy 
boshqaruv 
tizimiga 
xos 
ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy 
marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli 
haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng 
muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda 
Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar 
yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik 
ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni 
va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; 
Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining 
haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, 
amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi 
Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-
Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar 
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan 
va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda 
nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning 
fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib 
kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri 
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish 
hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi 
tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy 
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni 
beqiyosdir. 

Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin