Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu


 AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix12.05.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#112679
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

 


3. AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR. 
 
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun 
biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham 
talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz. 
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik 
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi 
kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni 
Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq 
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat 
topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy 
kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa
g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson 
bo`lib yetishishlari shart. 
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, 
dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, 
hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot 
eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, 
savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi. 
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; 
bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir 
ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar
yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai 
olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos 
qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni 
esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. 



Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin