dexqonchilikka oid urf-odat va marosimlar o`zining xayotiyligi va
halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir.
Ularda ijtimoiy tabaqaviy
cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va
umumxalq manfaatlariga
xizmat qilgan. Bu urf-odat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq
mexnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab
nishonlangan va xalqning orzu-umidlarini ifoda etgan.
Avestoning hozirgi davr kishilari
uchun ahamiyati shundaki, unda
odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza
tutishga yomon kirdikorlar
qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni
aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil
(optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan.
Avestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li
hunari bilan moddiy ne`matni
yaratishga, tayyorga ayyor, o`roqda yo`q,
mashoqda yo`q xirmonda hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga
yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni
hozir ham
foydasi katta.
Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan
birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash,
rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan.
Xulosa shuki, zardushtiylikning o`zidan
keyingi barcha dinlarga
salbiy ta`siridan ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga
xos xususiyat bo`lgan
insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloq-odobli
bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi.
Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., Sharq, 1998.
2. Sulaymonova F. Sharq va G`arb.—Toshkent. Fan, 1997.
3. Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.
4. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2-
5.Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969
6.H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001
7.N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26.
8. N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi"
2001, 25 sentabr.
9.
www.e-tarix.uz
10.
www.ziyonet.uz
Sheraliyev Husniddin Kasb ta’limi yo’nalishi.