Andijon Qishloq Xo’jaligi va Agratexnologiyalar instituti Agrobiznes va Raqamli iqtisodiyot fakulteti Agrobiznes va invetitsion faoliyat yo’nalishi talabasi Hayitov Usmonning “Agrar siyosat va oziq-ovqat havfsizligi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan



Yüklə 111,16 Kb.
səhifə5/15
tarix13.05.2023
ölçüsü111,16 Kb.
#113091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
AIF 2 67 guruh talabasi (1) (1)

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan

  • O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
  • strategiyasi
  • 1-bob. Umumiy qoidalar
  • O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
  • Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
  • aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
  • qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
  • soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
  • davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
  • tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
  • qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
  • qishloq hududlarini rivojlantirish;
  • tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
  • Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
  • Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

  • Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
  • Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
  • Aholi sonining o‘sishi, er, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
  • So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
  • Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
  • Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat.
  • Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.
  • Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash;
  • boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;
  • sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;
  • xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;
  • ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
  • chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish

Yüklə 111,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin