Andijon Qishloq Xo’jaligi va Agratexnologiyalar instituti Agrobiznes va Raqamli iqtisodiyot fakulteti Agrobiznes va invetitsion faoliyat yo’nalishi talabasi Hayitov Usmonning “Agrar siyosat va oziq-ovqat havfsizligi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas



Yüklə 111,16 Kb.
səhifə10/15
tarix13.05.2023
ölçüsü111,16 Kb.
#113091
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
AIF 2 67 guruh talabasi (1) (1)

Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya etilishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va barqaror rivojlanishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashuvchi samarali tizimni yaratish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:

ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan boshoqli don intervensiyasini amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;

qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

  • IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
  • Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan.
  • Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari yana 20 — 25 foizga qisqarishi mumkin.
  • Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
  • Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq yaratilmagan.
  • Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda
  • V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
  • Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan va ularning ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin.
  • Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar ta’minoti hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga mo‘ljallangan.
  • Xalqaro standart va talablarga javob beradigan zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining yetishmasligi sohadagi muammolarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bilan bog‘liq davlat xizmatlariga taalluqlidir.

Yüklə 111,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin