Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab “Tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat va musiqa fanlari metodbirlashmasi”ning 2013-2014 o’quv yilining 1-yarim yilligida olib borgan ishlari



Yüklə 47,5 Kb.
tarix21.06.2022
ölçüsü47,5 Kb.
#62002
4-chorak Saliyeva R.hisobot


Andijon viloyati Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
Saliyeva Raximaxon Tashpulatovnaning
2021-2022 o’quv yilining 4-choragida qilingan ishlari
H I S O B O T I
2021-2022 o’quv yili 1-choragidan boshlab “KUNDALIKKOM” da o’quvchilarni baholashga o’tilgan. Bu jarayonni namunali tarzda olib bordim. “Yosh rassomlar” to’garagini va chizmachilikdan “Iqtidorli o’quvchilar bian ishlash” mashg’ulotlarini olib bordim. Maktabda “Musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik va texnologiya fanlari metodbirlashmasi” ga rahbarlik qildim. 1 ta tasviriy san’at xonamni DTS talabi darajasida jihozlanganman.
Amaliy fanlar yo’nalishida 5 TASHABBUS va ko’rik-tanlovlarni maktab bosqichida o’z vaqtida o’tkazib, o’quvchilarim shahar va viloyat bosqichlarida faol ishtirok etdilar. “Aprel oyi –Musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilk, texnologiya fanlari oyligi” da ham namunali faoliyat ko’rsatdim.
2022-yil 9.04 kuni maktabda shahar miqyosida O’QUV SEMINAR o’tkazdim:
1. Andijon shahar 35-DIM da “Aprel oyi- Amaliy fanlar oyligi”da tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Saliyeva Raximaxon Tashpulatovna 6-“V” sinfda “Tarixiy mavzuda portret” mavzusida shahar miqyosida ochiq dars o’tkazdim.
2. Milliy o’quv dastur bo’yicha yangi yaratilayotgan 2022-2023 o’quv yilida joriy etiladigan 6-7-sinf tasviriy san’at darslik kitoblarining mazmun-mohiyatini Andijon shahar umumta’lim maktablari tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilariga tanishtirib, taqdimot qildim.
3. Yosh rassom o’quvchilarim o’rtasida “Muhammad Yusuf portreti” ni chizish ko’rik-tanlovini o’tkazdim va maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar

- 35-DIM yosh rassom o’quvchilarim o’rtasida “Aprel oyi - Amaliy fanlar oyligi”da “Sohibqiron Amir Temur siymosi” ni chizish ko’rik-tanlovini o’tkazdim va maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar (2.04.2022)


- Andijon shahridagi13-IDUM da O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida "Ulug'imsan Vatanim" mavzusida Andijon shahar umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Muhammad Yusuf portreti va sherlaridagi obrazlar" asosida rasm chizish tanlovining saralash bosqichi o'tkazildi. Ushbu saralash tanlovda 35-DIM 6-“V” sinf o’quvchisi Roziqova Roziya ishtirok etib keyingi bosqichga yo’llanma oldi. (12.04.2022)
4. 35-DIM yosh rassom o’quvchilarini Andijon viloyati rassomlar GALEREYASIGA ekskursiyaga olib bordim (14.04.2022).
5. Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida "Ulug'imsan Vatanim" mavzusida Andijon shahar umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Muhammad Yusuf portreti va she'rlaridagi obrazlar" asosida rasm chizish tanlovi o'tkazildi.35-DIM 6-"V" sinf o'quvchisi Rafiqova Roziyaxon faol ishtirok etib, ijod maktabining DIPLOM va esdalik kitobi bilan taqdirlandi (15.04.2022)
6. “Madaniyat va yoshlar oyligi” va “Amaliy fanlar oyligi” munosabati bilan hamda 5 TASHABBUS ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahar Cho’lpon maydonida “Yangi O’zbekistonda – yangicha qarashlar” shiori ostida o’tkazilgan “Yoshlar festivali”da men ijodiy ishlarim bilan va 5-“Z” sinf o’quvchim Qahramonov Kamolxon o’zining ijodiy ishlari bilan qatnashdik. (23.04.2022)
7. ASHXTB umumta'lim maktablari iqtidorli o'quvchilari o'rtasida "Ranglar jilosida - Ona diyor" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Bu ko’rik-tanlovda 5-“Z” sinf o’quvchim Kaxramonov Kamolxon 7-13 yoshlar o’rtasida qatnashib, 2-o’rinni egalladi va viloyat bosqichiga yo’llanma oldi. (14.05.2002).


31.05.2022.
35-ДИМ “Musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik va texnologiya fanlari metodbirlashmasi” raisi: R. Saliyeva
Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin