Andijon viloyati tabiiy landshaftlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix18.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#84797
1   2   3   4   5   6
andijon-viloyati-tabiiy-landshaftlari

MUHOKAMA 
Landshaftlarning barcha unsurlarini muhofaza qilishda eng avvalo aholining ekologik 
madaniyatini yuksaltirishga, insonlarning tabiat oldidagi mas‟uliyatini oshirishga, kelajak avlod 
oldida javobgarligini his etilishiga erishish zarur, shu bilan birga, viloyat hududida mavjud 
o„simlik va hayvonot olamini mutaxassislar yordamida aniqlab, ularni ko„paytirish 
masalalarining ilmiy yechimini topishga yerishish kerak. 
Viloyatda qo„riqxona va buyurtmalarning yo„qligini hisobga olib Ulug„nordagi qum 
tepalarining, baliqchilik xo„jaligi atrofidagi qamishzorlarning, Asaka, Andijon, Buloqboshi, 
Marhamat, Xo„jaobod, Jalolquduq, Paxtaobod va Qo„rg„ontepa tumanlarida joylashgan adir 
zonalarning, tog„larning tabiiy holda saqlanishiga erishish muhim ahamiyatga ega bo„lgan vazifa 
hisoblanadi. 
Tabiat yodgorliklariga viloyatimizdagi g„orlar, karstlar, sharshara va shovvalar, buloqlar, 
jilg„a va soylar, daralar, qoyali relyef shakllari, ochilib qolgan yotqiziqlar, ko„p asrlik noyob 
daraxtlar kiradi. Bunday yodgorliklarni viloyatimizning Karnaychi, Imomota, Chilustun, 
Chilmoyram tog„lari, Sultonobod shaharchasi hududida Sultonsupa, Yunuspayg„ambar ota 
Ziyoratgohi, Bibi Seshanba ziyoratgohi, Ko„k buloq, So„pgal buloq, Xonoboddagi Fozilmon ota 
ziyoratgohidagi ming yillik chinorlar, shifobaxsh buloqlar, Kampiroboddagi Kampirtosh, 
Qoradaryo vodiysidagi ochilib qolgan jinslar, Qo„rg„ontepa shahridagi Madrona, Jalolquduqdagi 
Qilichmozor ziyoratgohi,Shirmonbuloqdagi sharshara, buloqlar, qoyatoshlar, Oyim qishlog„idagi 
Dalvarzintepa, Marhamatdagi Mingtepa, Andijon shahridagi Sarvontepa, Bog„ishamol 
majmuasi, Jome madrasasi, eski minora, Qal‟a, Bobur Arki, O„lkashunoslik, adabiyot va san‟at, 
Cho„lpon muzeylari, Madaniyat qishlog„idagi Otaqo„zi madrasasi, Shahrixon madrasasi, 
Baliqchidagi Uchbuloq kabi tabiiy va tarixiy yodgorliklarni kiritishimiz mumkin. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytadigan bo‟lsak Andijon viloyatida, jumladan, respublikamizda 
bo‟lganidek, shunday vaziyat ro‟y berdiki, aholi yashash punktlarining atmosfera havosini 
ifloslantiruvchilari o‟sha hududlarning ekologik holatini sezilarli yomonlashtirmoqda
ekotizimning barcha komponentlari kimyoviy tarkibining o‟zgarishiga sabab bo‟lmoqda. 
Bularning barchasi aholi salomatligiga salbiy ta‟sir ko‟rsatmoqda. Atmosfera ifloslanishinig 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
104 
aholining kasallanishi bilan miqdoriy bog‟liqlikning borligi aniqlandi. Bundan tashqari hozirgi 
kunda o‟simliklar va hayvonlarga atmosfera ifloslanishi natijasida salbiy o‟zgarishlar ro‟y 
beryapti va tabiiy lanshaftlar kundan –kunga soni kamayib boryapti Har qanday landshaft eng 
avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni hisoblanadi. Jumladan, inson uchun ham 
aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko„ngilsiz va rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda 
ifloslanib xususiyatlarini o„zgartirib yuborishdan muhofaza qiladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin