SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
103
bug„doy, makkajo„xori, sholi, arpa, beda, poliz va sabzavot ekinlari bilan birga bog„dorchilik va
uzumchilik rivojlangan.
Viloyat hududidagi landshaftlarning ekologik guruhi asosan ikkiga bo„linadi: 1.
Kseromorf hududlar (bu yerlarga Ulug„norning janubi-g„arbiy, Marhamatning janubi,
Andijonning Xortum, Otchopar, Jalolquduqning g„arbi kiradi). Bu yerlarda tuproq va o„simlik
olami boshqa hududlarga nisbatan bir oz bo„lsa-da tabiiyligi bilan, davriyligi bilan ajralib turadi.
2.Antropogen guruh (to„la o„zlashtirilgan madaniy
landshaftlar hisoblanib, yuqorida
aytilganidek, sug„orma dehqonchilik va bog„dorchilik ishlari amalga oshiriladigan joylar). Bu
guruh viloyatning asosiy maydonini ishg„ol qiladi.
Har qanday landshaft eng avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni
hisoblanadi.
Jumladan, inson uchun ham aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko„ngilsiz va
rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda ifloslanib xususiyatlarini o„zgartirib yuborishdan
muhofaza qiladi. Landshaftlarni
muhofaza qilish deganda, biz uning komponentlarini, tarkibini
toza saqlashga, muvozanatining buzilmasligini, yovvoyi tabiatni o„z
xolicha saqlab qolishni
tushunamiz.
Dostları ilə paylaş: