MUHOKAMA Landshaftlarning barcha unsurlarini muhofaza qilishda eng avvalo aholining ekologik
madaniyatini yuksaltirishga, insonlarning tabiat oldidagi mas‟uliyatini oshirishga, kelajak avlod
oldida javobgarligini his etilishiga erishish zarur, shu bilan birga, viloyat hududida mavjud
o„simlik va hayvonot olamini mutaxassislar yordamida aniqlab, ularni ko„paytirish
masalalarining ilmiy yechimini topishga yerishish kerak.
Viloyatda qo„riqxona va buyurtmalarning yo„qligini hisobga olib Ulug„nordagi qum
tepalarining, baliqchilik xo„jaligi atrofidagi qamishzorlarning, Asaka, Andijon, Buloqboshi,
Marhamat, Xo„jaobod, Jalolquduq, Paxtaobod va Qo„rg„ontepa tumanlarida joylashgan adir
zonalarning, tog„larning tabiiy holda saqlanishiga erishish muhim ahamiyatga ega bo„lgan vazifa
hisoblanadi.
Tabiat yodgorliklariga viloyatimizdagi g„orlar, karstlar, sharshara va shovvalar, buloqlar,
jilg„a va soylar, daralar, qoyali relyef shakllari, ochilib qolgan yotqiziqlar, ko„p asrlik noyob
daraxtlar kiradi. Bunday yodgorliklarni viloyatimizning Karnaychi, Imomota, Chilustun,
Chilmoyram tog„lari, Sultonobod shaharchasi hududida Sultonsupa, Yunuspayg„ambar ota
Ziyoratgohi, Bibi Seshanba ziyoratgohi, Ko„k buloq, So„pgal buloq, Xonoboddagi Fozilmon ota
ziyoratgohidagi ming yillik chinorlar, shifobaxsh buloqlar, Kampiroboddagi Kampirtosh,
Qoradaryo vodiysidagi ochilib qolgan jinslar, Qo„rg„ontepa shahridagi Madrona, Jalolquduqdagi
Qilichmozor ziyoratgohi,Shirmonbuloqdagi sharshara, buloqlar, qoyatoshlar, Oyim qishlog„idagi
Dalvarzintepa, Marhamatdagi Mingtepa, Andijon shahridagi Sarvontepa, Bog„ishamol
majmuasi, Jome madrasasi, eski minora, Qal‟a, Bobur Arki, O„lkashunoslik, adabiyot va san‟at,
Cho„lpon muzeylari, Madaniyat qishlog„idagi Otaqo„zi madrasasi, Shahrixon madrasasi,
Baliqchidagi Uchbuloq kabi tabiiy va tarixiy yodgorliklarni kiritishimiz mumkin.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‟lsak Andijon viloyatida, jumladan, respublikamizda
bo‟lganidek, shunday vaziyat ro‟y berdiki, aholi yashash punktlarining atmosfera havosini
ifloslantiruvchilari o‟sha hududlarning ekologik holatini sezilarli yomonlashtirmoqda,
ekotizimning barcha komponentlari kimyoviy tarkibining o‟zgarishiga sabab bo‟lmoqda.
Bularning barchasi aholi salomatligiga salbiy ta‟sir ko‟rsatmoqda. Atmosfera ifloslanishinig
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
104
aholining kasallanishi bilan miqdoriy bog‟liqlikning borligi aniqlandi. Bundan tashqari hozirgi
kunda o‟simliklar va hayvonlarga atmosfera ifloslanishi natijasida salbiy o‟zgarishlar ro‟y
beryapti va tabiiy lanshaftlar kundan –kunga soni kamayib boryapti Har qanday landshaft eng
avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni hisoblanadi. Jumladan, inson uchun ham
aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko„ngilsiz va rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda
ifloslanib xususiyatlarini o„zgartirib yuborishdan muhofaza qiladi.