Andijon viloyati tabiiy landshaftlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix18.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#84797
1   2   3   4   5   6
andijon-viloyati-tabiiy-landshaftlari

TADQIQOT NATIJALARI 
Yuqoridagi to„rtta landshaftlardagi tuproq va o„simlik qoplamini o„rganadigan bo„lsak: 1) 
chala cho„l landshaftlarida och tusli va tipik bo„z tuproqlarda so„g„d va shpichka poyali
gammada o„simliklari jamoalari o„sadi; 2) cho„l landshaftlarida, lyossli cho„l landshaftlarida och 
tusli va tipik bo„z tuproqlarda quyon jun, efemer va efemeroidlar (cho„l bargi, qo„ng„irbosh, 
yovvoyi bug„doy, quyon arpa, yoltirbosh xillari) va shuvoq o„simliklari jamoalari o„sadi; 3) 
qumli cho„llar landshaftlarida qumli cho„l tuproqlar tarqalgan bo„lib, u yerlarda qumlardagi oq 
saksovul, cherkez va qumlardagi qora saksovul o„simliklari vakillari yashaydi, umuman, chala 
cho„l, cho„l hududlarda iqlimning o„ziga xos kontinentalligi, yog„inlarning kamligi, mavjud 
bo„lgan namlikka nisbatan mumkin bo„lgan bug„lanishning ortiqligi bu yerda tuproqlarning ham, 
o„simlik olamining ham o„sha joyga moslashishga olib keladi. Tuproqlarda unumdorlik, 
donadorlik xususiyatlari past bo„lib, o„simlik olami ham o„zidagi suvlarni kam bug„latish 
xususiyatiga ega bo„lgan mayda bargli, tikanli, tomirlari o„q tomir bo„lib Yer ostiga chuqur 
boradigan o„simliklar hisoblanadi; 4) antropogen landshaftlar viloyatning asosiy maydonini 
egallab, bu yerlarda sug„orma dehqonchilik ishlari amalga oshiriladi. Asosan, unumdor, 
hosildorligi yuqori, ishlov yeriladigan madaniy tuproqlar (jumladan, o„tloqi soz-allyuvial, bo„z-
o„tloqi, o„tloqi-bo„z va och tusli bo„z hamda tipik bo„z tuproqlar) tarqalgan bo„lib, asosan, paxta, 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
103 
bug„doy, makkajo„xori, sholi, arpa, beda, poliz va sabzavot ekinlari bilan birga bog„dorchilik va 
uzumchilik rivojlangan. 
Viloyat hududidagi landshaftlarning ekologik guruhi asosan ikkiga bo„linadi: 1. 
Kseromorf hududlar (bu yerlarga Ulug„norning janubi-g„arbiy, Marhamatning janubi,
Andijonning Xortum, Otchopar, Jalolquduqning g„arbi kiradi). Bu yerlarda tuproq va o„simlik 
olami boshqa hududlarga nisbatan bir oz bo„lsa-da tabiiyligi bilan, davriyligi bilan ajralib turadi. 
2.Antropogen guruh (to„la o„zlashtirilgan madaniy landshaftlar hisoblanib, yuqorida 
aytilganidek, sug„orma dehqonchilik va bog„dorchilik ishlari amalga oshiriladigan joylar). Bu 
guruh viloyatning asosiy maydonini ishg„ol qiladi. 
Har qanday landshaft eng avvalo barcha tirik organizmlar uchun yashash makoni 
hisoblanadi. Jumladan, inson uchun ham aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko„ngilsiz va 
rejasiz, tartibsiz foydalanishdan hamda ifloslanib xususiyatlarini o„zgartirib yuborishdan 
muhofaza qiladi. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning komponentlarini, tarkibini 
toza saqlashga, muvozanatining buzilmasligini, yovvoyi tabiatni o„z xolicha saqlab qolishni 
tushunamiz. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin