Android operatsion tizimi.
Android (yunoncha so‘z bo‘lib, ikki bo‘g‘ini — «erkak» va «o‘xshash») — odam sifat robot ma’nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandirAndroid operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.Android — Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari,qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT asosida birinchi smartfoni Yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so‘ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo‘ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Tizimning har bir versiyasiyangilik sifatida o‘zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Oxirgi versiyasi — 4.1 Jelly Bean («qo‘shimchasi bilan chaynash obaki») deb nomlandi. HTC kompaniyasi tomonidan yaratilgan HTC Dream smartfoni (T-Mobile G1 nomi ostida rasman T-Mobile mobil aloqa operatori tomonidan yaratilgan) Android boshqaruvi ostida ishlovchi birinchi qurilma bo‘ldi, uning taqdimoti 2008 - yil 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Planshetlaruchun mo‘ljallangan Android uchinchi (Honeycomb) versiyasi chiqishi bilan borgan sari ko‘proq ishlab chiqaruvchilar ushbu platformada planshetlar ishlab chiqarishlarini e’lon qila boshladilar.Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o‘rnata boshladilar.
Masalan, 2009-yil oxirida Android asosida ishlovchi birinchi fotoramka savdoga chiqarildi. 2011-yil iyun oyida Italiyaning BlueSky kompaniyasi Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi i’m Watch intellektual qo‘l soatlarini ishlab chiqarishini ma’lum qildi. 2012-yil avgust oyida Nikon Google platformasida ishlovchi jahonda birinchi foto kamerasini taqdim etdi.Bundan tashqari, tashabbuskor Androidni qator mashhur qurilmalarga ko‘chirib o‘tkazib joriy qildilar, ular orasida misol uchun, Windows Mobile HTC Touch Dual va HTC TyTN II platformasidagi smartfonlar bor,ularda Android emulyatsiya rejimida ishga solingan. Maemoda ishlovchi — Nokia N810 va Nokia N900 (Nitdroid nomli port) internet-planshetlari — Windows Mobile operatsion tizimida, MeeGo, va HTC HD2 platformasida ishlovchi Nokia N9 smartfonlari kabi qurilmalarga to‘laqonli ko‘chirib o‘tkazish ham amalga oshirildi, ularda Android operatsion tizimini micro SD-kartalar sifatida ichki NAND-xotira sifatida ham ishga solish mumkin.Shu bilan birga, o‘rnatilgan tizim to‘la, hech bir cheklanishlarsiz funksionallikka ega. Bulardan tashqari, Android operatsion tizimini Apple qurilmalariga — iPhone, iPod Touch va iPad larga Openiboot nomli maxsus dastur yordamida o‘rnatish muvaffaqiyatli tajribasi ham mavjud, u ushbu qurilmalarda turli operatsion tizimlarni, shu jumladan, Android operatsion tizimini ham ishga solish uchun mo‘ljallangan.Bada operatsion tizimidagi qurilmalarda cheklangan funksiyalari bilan dastlabki proshivkalari paydo bo‘lmoqda.
Koolu kompaniyasi Neo Free Runnerga Androidni o‘rnatish bilan shug‘ullanish bilan birga, qayta o‘rnatilgan Google mobil platformasi bilan ushbu smartfonlarni sotishda o‘z biznesini rivojlantirmoqda. Koolu kompaniyasidan Neo Free Runnerga birinchi rasmiy va umumiy foydalanish uchun Android o‘rnatilishi beta-relizi 2008-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. Android x86 arxitekturasiga ham ko‘chirib o‘tkazilgan.Ustunliklari : Ba’zi sharhlovchilar Android qator hollarda veb-syorfing, Google Inc. servislari bilan mosligi kabi va boshqa xususiyatlari bilan o‘z raqobatchilaridan biri Apple iOS kompaniyasiga qaraganda o‘zini yaxshi namoyon qilishini aytadilar. Android, iOS ga nisbatan ochiq platforma hisoblanadi, bu holat unda ko‘proq funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. iOS va Windows Phone 7 dan farqli ravishda, Androidda fayllarni qabul qilish va uzatishga ham imkon beruvchi Bluetooth oqimini to‘la amalga oshirish mavjud. FTP-serverini, tarmoqqa ulanish nuqtasi rejimi (PAN xizmati) va Bluetooth orqali guruhli birinchi darajali tarmoqni (GN xizmati) amalga oshirish mavjud. Android-apparatlarida, odatda, USB va xotira kartalarini olmasdan turib boshqa uzatish usullari tezlik cheklanishlaridan qat’iy nazar kompyuter fayllarini tezlikda telefonga ko‘chirishga imkon beruvchi, MicroSD-kardrider mavjud; bundan tashqari, iOS va Window Phone 7 sinxronlashtirish dasturi (iTunes va Zune), orqali amalga oshirishdan tashqari, biror-bir fayllarni telefonga/telefondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish mumkin emas, Android operatsion tizimidagi telefonlar esa xotira kartasi fayllar tizimini USB mass storage device («fleshka») kabi uzatish imkoniga ega. Аvvaldan dasturni "tekshirilmagan manbalardan" (misol uchun, xotira kartasidan) o‘rnatish taqiqlanishiga qaramay,ushbu cheklash apparat sozlashlarida doimiy vositalar yordamida o‘chiriladi, bu holat esa internet-ulanishlarsiz dasturlarni telefonlar va planshetlarga o‘rnatishga imkon beradi (misol uchun, Wi-Fi-ulanish nuqtalariga ega bo‘lmagan va odatda juda qimmat turadigan mobil internetga pul sarflashni istamaydigan foydalanuvchilar uchun), hamda barcha istaganlarga Android uchun ilovalarni bepul yozish va o‘z apparatida test sinovlaridan o‘tkazish imkonini beradi, shu bilan birga, iOS va Windows Phone 7 da hatto o‘z dasturlarini tarqatish istagi bo‘lmaganda ham loyihachining qayd etish ro‘yxatini sotib olishi kerak bo‘lardi. Android ARM, MIPS, x86 kabi turli apparatli platformalarda foydalanish mumkin. Ilovalar boshqa muqobil Google play magazinlari mavjud, misol uchun Amazon’dan Appstore for Android, Opera Store, Yandex.Store. Android rivojlanishi tarixi : 2005-yil iyul — Google kompaniyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007-yil 5-sentabr — Open Handset Alliance (OHA) kompaniyalar guruhi tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi, uning maqsadi mobil qurilmalar uchun ochiq standartlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Hozirgi kunda OHA 34 kompaniyalarni birlashtiradi, ular orasida katta T-Mobile mobil aloqa operatorlari, HTC, Intel, Sprint Nextel, KDDI, NTT DoCoMo, China Mobile kabi mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari, Broadcom, Marvell, NVIDIA, Qualcomm, SiRF, Texas Instruments, LG, Motorola, Samsung Electronics mikrosxemalar loyihachilari hamda IT-industriyasi jahon giganti va birlashmaning g‘oyaviy rahnamolaridan biri, Google kompaniyasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: |