Android (yunoncha so'z bo'lib, ikki bo'g'ini - "erkak" va "o'xshash") - odam sifat robot ma'nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandirAndroid operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to'plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug'ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi. Android - Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari,qo'l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi.
Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o'rnatilgan.HTC Dream (T-Mobile G1) - Android OT asosida birinchi smartfoni Yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so'ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo'ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog'liq bo'ldi.
Tizimning har bir versiyasiyangilik sifatida o'zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Oxirgi versiyasi - 4.1 Jelly Bean ("qo'shimchasi bilan chaynash obaki") deb nomlandi. HTC kompaniyasi tomonidan yaratilgan HTC Dream smartfoni (T-Mobile G1 nomi ostida rasman T-Mobile mobil aloqa operatori tomonidan yaratilgan) Android boshqaruvi ostida ishlovchi birinchi qurilma bo'ldi, uning taqdimoti 2008 - yil 23-sentabr kuni bo'lib o'tdi. Ko'p o'tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko'plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Planshetlaruchun mo'ljallangan Android uchinchi (Honeycomb) versiyasi chiqishi bilan borgan sari ko'proq ishlab chiqaruvchilar ushbu platformada planshetlar ishlab chiqarishlarini e'lon qila boshladilar.Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o'rnata boshladilar.
iOS (eski nomi iPhone OS) — amerikalik muhandis Steve Jobs tomonidan ishlab chiqarilgan mobil aloqa operatsion sistemasi.[2] iOS Applening iPhone, iPod, iPad, Apple TV uskunalarida oʻrnatilgan operatsion sistema sanaladi. iOS multitach (koʻp belgi sezuvchanlik) xususiyati va tezkorligi bilan boshqa mobil aloqa operatsion sistemalardan yaqqol ajralib turadi. iOSning birinchi versiyasi 9-yanvar 2007-yilda Macworld Conference & Expo koʻrgazmasida taqdim etildi va hozirga kelib eng soʻnggi versiyasi iOS 14.5.1 (3-may 2021-yil) chiqarildi. iOSga oʻyin yoki dasturlar ilovalari onlayn-doʻkon App Store dasturi orqali koʻchirib olish bilan amalga oshirish mumkin. App Storedagi ilovalar soni hozir (13-may 2016-yil) ga kelib 130 milliondan oshdi va yuklashlar soni esa 70 milliarddan oshib ketdi.