Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:
munozarali ma’ruza, insert, aqliy xujum,
blits-so’rov, klaster
Adabiyotlar: A1;.A2;A3;A4; Q1; Q3
19
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari.
Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – barcha
mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion va evolyusion shakllari. Ma'muriy-
buyruqbozlikka
asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
xususiyatlari. O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlari. O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli, uning
tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Iqtisodiy islohotlarning
mazmuni. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi va
strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy
islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari.
Iqtisodiyot fani eng qadimiy fanlardan biri bo’lib, u kishilik jamiyatining vujudga
kelishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Qadimgi dunyo olimlari
Кsenofont, Platon, Arastu iqtisodiy tushunchalarni o’rganganlar va ular o’rtasida
bog’liqlik borligini isbotlab berganlar. Bu mualliflarning ilmiy ishlarida iqtisodiy
hayotni turli qarashlarda fikrlari mavjud. Ular mehnat taqsimotini zarurligi, tovar va
pul, hamda savdoning mohiyati haqida fikr yuritadilar. Кsenofont birinchi marotaba
«iqtisod» so’zini ishlatgan. Uning to’liq ma’nosi uy xo’jaligini boshqarish bo’lib,
qadimiy grek so’zidan olingan. Shu bilan birga, qadimgi Markaziy Osiyo, Xitoy,
Hindiston olimlari ham iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa qo’shganlar.
Markaziy Osiyo olimlaridan Al-Forobiy (870—950), Abu Ali ibn Sino (980—1037),
Abu Rayhon
Beruniy (973—1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy
20
(1441 —1501), Abduraxmon Jomiy (1414—1492), Zaxiriddin Muxammad Bobur
(1483—1530) va boshqalar iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa
qo’shganlar.
Al-Forobiy moddiy ne’matlarni har bir insonning ahvoli va ishlab chiqarishda
qatnashganlik darajasiga qarab adolatli taqsimlashni yoqlab chiqqan.
Al-Forobiy jamiyat shakllanishining asosiy sababi insonlarning moddiy talabidir,
degan nazariyani asoslab bergan bo’lsa, Abu Ali ibn Sino iqtisodiy tafakkurda oila,
shahar, davlat darajasida xarajat va daromad balanslari ustida fikr yuritib, ular
o’rtasida albatta to’g’ri nisbat bo’lishi zarurligini asoslab bergan.
Xarajat qismidan ilm-fan taraqqiyotiga, ehtiyotkorlik, tabiiy ofat, urush xarajatlarini
qoplash fondlarini shakllantirish zarurligi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini
qoldirgan.
Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqarishda har xil mehnat turlarining o’rnini tadqiq
etgan. Oltin va kumushning umumiy ekvivalent sifatida shakllanish qonuniyatlarini
ilmiy asoslagan. Abu Rayhon Beruniy, Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar jamiyat
shakllanishida iqtisodiy omillarning o’rni to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirganlar.
XI asrning buyuk dahosi Yusuf Xos Hojib o’zining (1069 y.). «Bilim baxt beradi»
degan asarida mehnatning mohiyatini, mehnat taqsimotini, uning xususiyatini va
moddiy manfaatdorlikni, pulning vazifalarini tahlil qilgan. XIV asrda Amir Temur
va temuriylar davrida barcha fanlar, xususan iqtisodiy tafakkur ham taraqqiy etgan.
Bu jarayon, avvalo, olim, adib, davlat arbobi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq.
Alisher Navoiy qomusiy olim, davlat arbobi bo’lgan. U o’zining «Vaqfiya» va
«Munshoat» asarlarida jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy tuzilishi ustida fikr yuritadi.
«Jamiyat boyligi manbai mehnat» deb hisoblagan, soliqlarga ortiqcha ahamiyat
berishga qarshi chiqqan, savdoning rivojlanishi, davlat moliyasi va baholarni
tartibga solish tarafdori bo’lgan. Davlat arbobi sifatida Alisher Navoiy mehnatning
har bir turini keltirgan foydasi bilan bog’lab ish haqini tartibga solish siyosatini olib
21
borgan. U iqtisodiy rivojlanishniig har qanday ziddiyatini hukmdorlik qilayotgan
hukmdorning adolatli siyosat olib borishi bilan hal etish mumkin, deb hisoblagan.
Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida XVII— XVIII asrlarda shakllangan. Ishlab
chiqarish taraqqiyoti, uning ko’lamlarining o’sishi, xo’jalik yurituvchilari o’rtasida
iqtisodiy aloqalarning vujudga kelishi keng iqtisodiy bilimga ega bo’lishni taqozo
etgan. XVI—XVII asrlarda kapitalizm kurtaklari paydo bo’la boshlagan davrda
asosan savdo keng rivojlangan. Ana shu davrda iqtisodiy bilimlarni
rivojlantirishdagi birinchi nazariy maktab bo’lmish «merkantilizm» vujudga kelgan.
Uning namoyandalari farang Antuan de Monkreten, ingliz U.Stafford va boshqalar
hisoblanadi. Ularning ilmiy izlanishlarining asosini muomala sohasidagi savdo
kapitali tashkil etgan. Antuan de Monkreten 1615 yilda birinchi marotaba o’zining
«Siyosiy iqtisodning traktati» asarida fanning nomini
«Iqtisoddan» «Siyosiy iqtisod»ga o’zgartirgan. Buning ma’nosi yunon tilida
«davlatni boshqarish san’ati» degan ma’noni bildiradi. U davlat xo’jalik ishlariga
aralashishi kerak, deb hisoblagan. Merkantilistlar birinchilar qatorida iqtisodiy
tuzumning maqsadi va vazifalari mohiyatini ochib berishga intilganlar.
Merkantilistlar millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan
raqobat qilishlari kerak deb hisoblaganlar. Ular boylik manbaini muomala sohasida,
savdoda ko’rganlar. Merkantilistlar oltin va kumush pullarni to’plashni xo’jalik
faoliyatining va davlatning asosiy maqsadi deb qaraganlar. XVIII asrda fransuz
faylasuflari va iqtisodchilaridan bir guruhi biznes va sanoatni qo’llab quvvatlashdan
voz kechib, ularga e’tibor bermaslikni taklif etdilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki,
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish
iqtisodiy nazariyaning o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab haqiqiy ilmiy
tavsifga ega bo’ldi. Ular fiziokratlar edilar. F.Кene nazariyasiga binoan qishloq
xo’jaligining asosiy vazifasi jamiyatni uch sinfga bo’lib, bir yil ichida yaratilgan
mahsulotni taqsimotini qiymat va natura shaklida ifodalagan. Fiziokrat (yunoncha
so’zdan olingan bo’lib «tabiat hukmronligi» ma’nosini anglatadi). Birinchi bo’lib,
22
xususan F. Кene (1694—1774), A. Tyurgo (1727—1781) va U.Petti (1623—1687)
kabi iqtisodchi olimlar boylik manbai ishlab chiqarish deb hisoblaganlar. Ular
qishloq xo’jalik mahsulotlari va boshqa tabiiy resurslar boylikning xaqiqiy manbai
deb hisoblagan edilar, Fiziokratlar iqtisodiy tizim elementlarini, ya’ni tovar, pul, ish
haqi, foyda va takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida, iqtisodiy taraqqiyot
qonunlarini o’rganishga intilganlar. Jumladan, F.Кene birinchi marta takror ishlab
chiqarish sxemasini yaratgan. Uning sxemasidan AQSh iqtisodchisi Nobel mukofoti
sovrindori L. Leontev o’zining yaratgan tarmoqlararo balansida foydalangan.
Moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq, etish
iqtisodiy nazariyani o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab ilmiy xarakterga
ega bo’lgan. Bu davr sanoat to’ntarishi davri edi. Iqtisodiyot nazariyasini
rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu
maktab namoyandalari A.Smit (1723— 1790), D. Rikardo (1772— 1823) bo’lib,
ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning
ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar.
A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish
va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy
tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini
ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular ijtimoiy xo’jalik taraqqiyotida
bozorning o’rnini belgilab berdilar.
A.Smit obrazli qilib «Hamma iqtisodiy agentlarning harakatini «ko’zga ko’rinmas
qo’l» boshqarib turadi», deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir agent bozor
munosabatlarida mustaqil ish tutib, o’z manfaatini ro’yobga chiqara borib, pirovard
natijada «ko’zga kurinmas qo’l» vositasida o’zi bilmagan holda maqsad sari
yo’naltiriladi. U o’z manfaatlarini ko’zlab, jamiyat manfaatlariga o’zi ongli tarzda
intilganiga nisbatan ancha qo’proq samarali tarzda xizmat qiladi»
1
. XIX asrning
ikkinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiga qarama-qarshi proletar iqtisodiy
23
nazariyasi vujudga keldi. Uning asosini qo’shimcha qiymat haqidagi ta’limot tashkil
etgan bo’lib, natijada iqtisodiyot nazariyasi ikki, marjinalizm va marksistik tarmoqqa
ajralib ketdi.
XIX—XX asrlarda marjinalizm tarmog’idagi iqtisodiy fanda bir qator maktablar
shakllangan bo’lib, ularning ba’zilari hozirda
ham tan olingan.
Xususan
Avstriya
maktabi namoyandalari, К.Menger (1888—1926), E. Bem-
Baverklar
(1851 — 1914) ne’matlarning naflilik chegarasi nazariyasi bilan tanilganlar. Mazkur
nazariyaga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanligi va noyobligi bilan
aniqlanadi.
Bozorda narxlarni shakllanishiga A.Marshall e’tibor berib, baho, talab va taklifni
birgalikda, o’zaro bog’likda o’rgangan. Uning fikricha bozor narxlari talab va
taklifga o’zaro bog’liq ekanligini ifoda etadi. U o’zining tadqiqotida vaqt omilini
tengligini ilmiy tahlil qilgan.
AQSh
iqtisodchisi
Dj.
Кlark (1847—1938) ishlab chiqarish omillari
unumdorligining kamayishi va unumdorlik chegarasi nazariyasini yaratdi. Bu
nazariyaga asosan har qanday ishlab chiqarish omillari unumdorlik chegaralariga ega
ekanligi va bu unumdorlikning kamayib borishi asoslab berilgan.
Shu davrda iqtisod fanida ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842—1924) tomonidan
asos solingan Кembridj maktabini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U qiymat,
chegaraviy foydalilik va naflilik chegarasi, unumdorlik chegarasi nazariyalarini
yaratishga harakat qildi. Buning natijasida esa talab va taklif nazariyasi yaratildi.
A.Marshall «Ishlab chiqarish xarajatlari va pirovard foydalilik shubhasiz bitta
umumiy bo’lgan talab va taklif qonunining tarkibiy qismlaridir»
2
,— degan fikrni
bildiradi.
24
XX asrning 30-yillarida iqtisodiy tafakkur o’zining rivojlanishida
yangi
bosqichga o’tdi. Unga ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Кeyns (1886—
1943) asos soldi. U tartibga solinuvchi kapitalizm nazariyasini asoslab berdi. Uning
asosiy g’oyalari «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» asarida o’z aksini
topgan. U bozor mexanizmi o’zi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq
va samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi deb hisoblagan. U undan samarali
foydalanishni tashkil etish uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda, samarali
moliyaviy byudjet va pul-kredit siyosatini shakllantirishda, uni olib borishda faol
qatnashishi zarur deb hisoblagan. Djon Meynard Кeyns fiziokrat A.Smitning bozorni
maqtash nazariyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmi ma’lum bir o’zgarishlarga,
iqtisodiy krizislarga yo’l qo’yilishi davrlarida Djon Meynard Кeyns bozor iqtisod
mexanizmiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Djon Meynord Кeyns jamiyatni
takomillashtirishni talab bilan bog’liqligini e’tiborga olgan holda, birinchi o’ringa
talab samaradorligini va davlat tomonidan uni qo’llash zarurligini ko’rsatib bergan.
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli R.Xarrod, A.Xansen va P.Samuelson (1915)
tomonidan rivojlantirildi.
P.Samuelson tomonidan yaratilgan neoklassik sintez nazariyasi mohiyati shundan
iboratki, iqtisodiy taraqqiyot holatiga qarab, yo davlat tomonidan yoki Djon
Meynard Кeyns nazariyasiga asoslangan holda bozor mexanizmlari orqali
iqtisodiyot
boshqarilishi
kerak.
Iqtisodiyot
nazariyasini
hozirgi
zamon
yo’nalishlaridan biri institusionalizm nazariyasi hisoblanadi. Uning vakillari bo’lib
T.Veblen, Dj.Gelbreyt, R.Кouz, G.Bekker va boshqalar hisoblanadi. Ularni
nazariyalarini markazida institutlar, ularning qatoriga davlat, xuquqiy mulkchilik,
oila, monopoliya va boshqalar turadi. Institutlar tashqi iqtisodiy va ichki iqtisodiy
omillar asosida rivojlanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyot nazariyasi xuquq,
sosiologiya, ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir.
D.Gelbreyd hozirgi zamon iqdisodiyot fanining yirik namoyandalaridan biri
hisoblanadi. U hozirgi iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarishni korporasiya asosida
25
tashkil etish yagona yo’ldir, deb hisoblagan. U hozirgi xo’jaliklarni ob’ektiv
zaruriyati rejalashtirishdir, rejalashtirish bozor munosabatlari o’rnini egallaydi deb
hisoblagan. Кorporasiyalar faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi zarurligi ular
o’rtasida yaqindan o’zaro harakatlantiruvchi alokalar bo’lishini ta’kidlaydi. U faqat
iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy masalalarini sezilarli darajada taraqqiy
ettiribgina qolmasdan, balki insoniyat rivojlanishining ulkan muammolari
masalasida ham ahamiyatga molik fikrlarni ilgari surdi.
Dostları ilə paylaş: |