Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix05.08.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#138703
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

Kurs 
ishining 
obyekti: 
Davlatimizni 
jahon 
bozor 
olib 
chiquvchi 
tamoyillar va usullar

Kurs ishining predmeti
: Iqtisodiyotimizni jahon bozoridagi o’rni va uning 
ahamiyati. 
Kurs ishining maqsadi: 
Oʻzbekistonni mahsulot va tovarlarini jahon bozoriga 
mos 
hamda 
raqobatbardosh 
qilish. 
Kurs ishi ahamiyati: 
Oʻzbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik 
aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. 
Kurs ishining vazifasi: 
O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi 
strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining 
tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy 
manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro 
valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir.
 



I. Bob. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy 
islohotlarning chuqurlashuvi. 
1.1. O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rni va ahamiyati. 
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va 
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat 
mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi 
iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi 
aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, 
respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo 
etiladi. 
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng 
huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki 
tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli 
aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni 
chuqurlashtirishga asoslanadi. 
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida 
ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli 
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq 
davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq 
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT 
iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro 
moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi 
boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga 
xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan 
edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil 
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. 
Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning 
boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida 
turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya 



jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish 
hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan 
sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining 
zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon 
hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»
2

Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p 
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: 
global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi 
integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global 
darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi 
barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash 
uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish 
asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita 
qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 
(OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, 
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki 
uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion 
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi 
o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil 
etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, 
Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va 
Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, 
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi 
resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat. 
O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH 
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni 
tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, 
2
I.A.Karimov “Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li” 



integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro 
iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi 
kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. 
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil 
topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va 
imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga 
qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan 
kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida 
ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida 
kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, 
ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari 
ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga 
a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan 
qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini berdilar. 
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, 
yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan 
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi 
hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion 
aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy 
Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan 
biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 
iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va 
Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi 
nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan 
joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati 
haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik 
iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir. 


10 
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo 
unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada 
kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 
30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va 
Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 
1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng 
katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan 
ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning 
Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining 
kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan 
belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega 
bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, 
kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining 
savdosini 
kengaytirishi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Shuningdek, 
telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, 
hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya 
aloqalarini kuchaytirish lozim.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
3
Davlat 
nomi 
Hududi 
Aholisi soni 
YaIM 
ming 
km

salmog’i, 

ming kishi 
salmog’i, 

mlrd. doll salmog’i, 

O’zbekiston 447,4 
1,5 
26851,2*** 1,8 
45,8**** 0,4 
Qozog’iston 2717,3 9,0 
15217,7** 
1,0 
125,9*** 
1,0 
Xitoy 
9 597,0 31,8 
1317000,0* 87,0 
10210,0** 84,1 
Qirg’iziston 198,5 
0,7 
5146,3*** 
0,3 
10,6*** 
0,1 
Rossiya 
17075,4 56,6 
142026,3* 9,4 
1746,0** 
14,4 
Tojikiston 
143,1 
0,5 
7163,5*** 
0,5 
8,8*** 
0,1 
Jami 
30178,7 100,0 
1513405,0 
100 
12147,1 
100,0 
3
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shanxay_hamkorlik_tashkiloti 


11 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, 
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar 
(tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar 
xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan 
tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik 
sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha 
mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi. 
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham 
sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida 
ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, 
ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. 
Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy 
ovqatlanish (29,9%) sohalarida to’plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq 
davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab 
o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, 
bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada 
erkinlashtirishdan iborat
4
.Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki 
yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga 
oshirildi.2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH 
dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy 
mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti 
hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, 
uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi. 
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan 
qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, 
birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va 


12 
imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning 
xom ashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga 
bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama 
aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. 
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon 
to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini 
integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan 
bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy 
yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – 
Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil 
etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, 
Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va 
boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi 
iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish 
uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar 
tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan 
keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli 
qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan 
birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat 
mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi 
kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada 
vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay 
sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini 
kafolatlaydi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada 
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida 
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi. 
Mamlakatimizning yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan 
iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo’lidagi 


13 
sheriklik» dasturidari ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi 
yo’nalishidir. Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o’rtasida imzolangan 
SHeriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy 
faoliyatining ustivor yo’nalishidir. 
O’zbekistonning Xalqaro valyuta 
fondi va jahon banki bilan hamkorligi 
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga 
oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. 
Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli 
qayta qurilishlarni mablag’ bilan 
ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy 
siyosat 
sohasidagi 
tadbirkorlarni 
qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), 
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va 
Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik 
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol 
o’ynaydi. Xususan XRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini 
zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va 
unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional 
islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya 
korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda 
ishtirok etmoqda. 
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda yevropa 
tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga 
oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada yeTTBning 
ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi. 
ETTBning O’zbekistonda amalga oshirish ko’zda tutilgan, umumiy summasi 
bir mlrd.dollardan ortiq bo’lgan yana 8 ta loyihani ko’rib chiqishi mo’ljallangan. 


14 
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki 
(ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli 
yo’nalishlardan hisoblanadi. 
Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo 
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi 
o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi 
hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin