Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


 O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishining ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix05.08.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#138703
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

2.2. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishining ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolari. 
O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi 
iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi. 
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli 
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit 
munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda 
qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda. 
O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy 
mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi. 
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan 
korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar 
hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar 
qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab 
yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. 


28 
“Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda 
qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir 
marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon 
chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, 
GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobil 
zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan 
dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator 
zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-
ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa 
xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston 
mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda. 
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, 
ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va 
hokazo) mahsulotlar chiqaradi.Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga 
yanada 
kengroq 
xildagi 
sanoat 
mahsulotlari, 
asbob-uskunalar 
eksport 
qilmoqda.O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq 
iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr 
asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat 
mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, 
tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining 
ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni 
mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston 
bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, 
energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi. 
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda 
yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar 


29 
tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.Respublikamizning bir qancha oliy 
o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar. 
7
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro 
kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik 
maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham 
chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak 
gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat 
pastasi 
va 
xakozalar 
ulushi 
ancha 
kattadir.Respublikamiz 
rivojlangan 
mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz 
firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi 
uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent 
shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. 
Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga 
zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari 
o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, 
Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. 
Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini 
kengaytirmoqda. 
8
O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , 
jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan 
to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari va 
uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, 
Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik 
elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, 
Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok etdilar. 
9
7
“Bozor iqtisodiyot asoslari” 
8
https://mineconomy.uz/uz/node/697 
9
https://fayllar.org/bozor-iqtisodiyotiga-otayotgan-davlatlarning-iqtisodiyotida-iq.html?page=7 


30 
O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, 
Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining 
a’zosidir. 
Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi 
ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi 
(Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti 
(Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat palatasi 
Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chet mamlakatlar bilan 
do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga yaqin davlatlar bilan ish 
olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali 
hamkorlik qilmoqda. 
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng 
imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar 
halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa 
bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng 
yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan 
Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, 
Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 
yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik 
to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar 
o‘tkazildi.
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida
iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik 
maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining 
“Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 
O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi 
eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga 
jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, 
pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq 


31 
mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut 
mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, 
shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, 
poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va 
rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, 
mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat 
chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari 
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab 
Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi 
belgilangan.Respublika 
uchun 
xorijiy 
sarmoyadorlarni 
iqtisodiyotini 
barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, 
chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa 
vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun 
investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi 
mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan 
hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari 
yaratildi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon 
tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. 
Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan 
vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga 
qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki 
bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu 
davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari 
quyidagilar: 

eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki 
eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni 


32 
texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini 
takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi; 

import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida 
bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish; 

O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum 
darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib 
chiqish, 
boshqa 
xalqaro 
bitimlar 
ustidan 
davlat 
nazoratini 
o`rnatish. 
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni 
amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, 
respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni 
jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-
quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat: 

eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan 
investitsiyalarni sug`urtalash; 

eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy 
raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; 

davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, 
bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish; 

eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va 
chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; 

ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom 
ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich 
kamaytirish va boshqalar. 
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash 
va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon 
bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi 


33 
iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga 
etkazishni nazarda tutadi. 
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib 
borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, 
respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan. 
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng 
ko`lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari 
bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa 
vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika 
iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va 
tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda 
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan 
tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy 
faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

Respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon 
hamjamiyatidagi o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini 
o`rnatish; 

mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, TIFning 
barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, ularning 
faoliyati va manfaatlarini himoya qilish; 

milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy 
omildan to`liq foydalanish. 

Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning 
rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy 
rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; 


34 

tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, 
xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, 
xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi; 

TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi 
(bojxona tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va boshqalar); 

vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha 
eksport-import operatsiyalarini o`tkazadi; 

tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi 
iqtisodiy 
shartnoma 
va 
kelishuvlarni 
tekshirishni 
amalga 
oshiradi.
10
"Innovatsiya", 
"O`zagroimpeks", 
"Interservis", 
"O`ztashqitrans", 
"O`zekspomarkaz" - Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi 
tizimidagi yirik xo`jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar 
hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va xizmat turlari 
bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradilar. 

tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek 
eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi; 

korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-
kitoblarini olib boradi; 

xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, 
valyutadagi kredit zahiralarini yig`adi va valyutada kreditlarni amalga oshiradi; 

valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta 
manfaatlarini himoya qiladi. 
"O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy 
investitsiyalarni sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi. 
Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari 
bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi 
vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan 
10
ozir.org/buxoro-2021-ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim.html?page=2 


35 
tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy 
faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma 
va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari 
bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham 
muhim rol o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va 
investitsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu 
idoralarning har biri o`z mas`uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va 
ularning natijasi uchun javobgardir. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi 
iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi 
iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida 
ko`tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va 
tavsiyalarni tayyorlaydi. 
Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, 
taqsimlash va foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini 
ishlab chiqadi va qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan 
bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, 
o`tqazish yoki qo`yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek 
respublikaning to`lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy 
faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
11
Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha 
me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy 
ishtirokchilari mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib 
oladi. SHu jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi 
11
Sh.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz 


36 
bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi 
Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa 
bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan 
shug`ullanishga ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z 
valyuta hisoblari bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagan.
12
12
“Bozor iqtisodiyoti va uning amal qilishi” 


37 
XULOSA 
1.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. 
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va 
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, 
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo 
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo 
aylanmasi, eksport va import kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
2.
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital 
eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar 
kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi 
mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan 
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning 
mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning 
keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki 
dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
3.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning 
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport 
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning 
o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi 
mumkin bo’lgan qismi.
4.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. 
Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida 
bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga 
to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, 
ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat 
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Har 
qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki 


38 
tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va 
kredit qismlarida o’z ifodasini topadi. 
Mamlakatlar 
xalqaro 
savdo 
yordamida 
o’zlarining 
davlatlararo 
ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu 
orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida 
davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan 
tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida 
bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin ekan.


39 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin