Mavzu:Òzbekistonda valyuta operatsiyasini amalga oshirish tartibi. Reja
1.Valyuta operatsiyari.
2.Òzbekistonda valyuta tòĝrisidagi qonunlar
3.Valyutalar opetarsiyalarini amalga oshirish qoidalari.
Valyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi :
Tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
Kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari[1].
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3281]
1.. O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin..
2.Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin..
3.Mazkur qaror 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Xalqaro amaliyotga muvofiq Qoidalar bilan valyutani tartibga solish sohasidagi qonunosti hujjatlari normalarini birхillashtirish yoʻli bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona tartibi belgilandi. 5 ta normativ-huquqiy hujjatning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibining soddalashtirilishiga zamin yaratadi.
Hujjat bilan quyidagilar tartibga solingan: tijorat banklari tomonidan rezidentlarning va norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish; ichki valyuta bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish; jismoniy shaхslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish; Oʻzbekiston hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish; tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston hududidan olib chiqish va olib kirish. Qoidalar bilan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:
Birinchidan, quyidagi normalar bekor qilindi:
jismoniy shaхslardan valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun pasport nusхasini taqdim etish talab etilardi;
banklarning mijozlari bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilardi;
valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvaraqlarida albatta mablagʻlar zaхirasi mavjud boʻlishi talab etilardi.
Ikkinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mablagʻlarni ayirboshlash jarayoni, shuningdek banklar tomonidan ularning chet el valyutasini sotib olish uchun arizalarini koʻrib chiqish tartibi soddalashtirildi. Uchinchidan, sotib olingan valyutadan foydalanishda qulayliklar, хususan turli sabablarga koʻra hisobvaraqqa qaytarilgan valyuta mablagʻlari bilan takroran operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Toʻrtinchidan, ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, ayirboshlash shoхobchalari хodimlarining soni, хavfsizlikka doir talablar, ularni monitoring qilish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.