ANGREN UNIVERSITETI
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
Bajardi:Iqtisodiyot fakulteti,
I-105 guruhi talabasi
Abdullayev Ahror
Tekshirdi: Baymanova M.
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya aʼzolari:
__________________
_________________
|
ANGREN – 2023
M U N D A R I J A
Kirish
I-BOB Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot
Makro iqtisodiy ko`rsatgichlar
II-BOB Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
Yalpi ichki mahsulot
Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.
Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan»1 mamlakat edi.
1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik.68
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo‘jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.
I-BOB Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoShuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish;
5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tuShunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o‘rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar, Shu jumladan bizning respublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tauyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o‘tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, Ya’ni tovarlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tauyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. YAlpi ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi davrlarda ko‘pgina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yalpi milliy mahsulot deb atalib, Shu shaklda hisobga olingan. YAlpi milliy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulotning farqi Shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo‘shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (Shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo‘shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yalpi ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo‘shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo‘shilib) hisobga olinadi.
Makro iqtisodiy ko`rsatgichlar
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;
Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi ichki mahsulot.
Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.
Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad
Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy daromad.
Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad.
2013 yilda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Milliy daromad – bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.
Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ;
YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar – horijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) - mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi.
t
Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad solig’i, xususiy molmulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat.
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi.
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:
ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; - narxlar darajasi.
Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:
-joriy yoki haqiqiy narxlar;
o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.
Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi tubdan farqlanadi.
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda o’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi.
II-BOB Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
Yalpi ichki mahsulot
Yalpi milliy maxsulot (YAMM) - milliy ho‘jalikda bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard maxsulot va hizmatlar bozor qiymatidan iborat bo‘ladi. Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard maxsulot (hizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha maxsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya`ni YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday o‘sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM erdamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot va hizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, halq ho‘jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Bizning yuqorida keltirilgan misolda (XVII-2 jadval) bu 250 sўmni tashkil qiladi. Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste`mol qilingan hom-ashe va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat - bu korxona yalpi maxsulotidan eki ishlab chiqargan maxsulotining bozor narhidan joriy moddiy harajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM epdamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. Ko‘zlangan maqsada erishish uchun iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan kuplab unumsiz bitimlar hisobga olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud. 1. Sof moliyaviy bitimarlar. 2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish. Sof moliyaviy bitimlar o‘z navbatida uchta asosiy turga bo‘linadi: a)davlat budjetidan bo‘ladigan ijtimoiy to‘lovlari; b) hususiy ijtimoiy to‘lo‘vlar; c)qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish. Davlat ijtimoiy to‘lovlari o‘z ichiga davlatning alohida shaxs va oyilalarga beradigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari, ishsizlik bo‘yicha nafaqalap va faxriylik nafaqalarini oladi. Davlat ijtimoiy to‘lovlarining muxim xususiyati shundan iboratki, uning oluvchilari bu to‘lovlarga javoban ishlab chiqarishning joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Shunday ekan, ulapni YaMM hajmiga kiritish, shu yil uchun bu ko‘rsatkichni oshirishga olib kelgan bulup edi. Xususiy ijtimoiy tulovlar, masalan, dorilfunun talabasining uyidan oladigan oylik yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitimlar, masalan, aksiya va obligasiyalarni sotish-sotib olish hajmi ham YaMM ga kiritilmaydi. Chunki by bitimlar to‘g‘ridanto‘ri joriy ishlab chiqarish ?azhmini ko‘paytirmaydi. Ushlab turilgan buyumlarni sotish yohud joriy ishlab chiqarishni aks ettitmaydi, ehud ikki marta hisobni o‘z ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab chiqarilgan avtomashinangizni sotdingiz. YaMM hajmini aniqlashda bu bitim hisobga olinmasligi zarur, chunki u ishlab chiqarish joriy hajmining ko‘payishi bilan birga bormaidi. Bir necha yil oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish summasini zhorii iildagi YaMM hajmiga kiritish, shu yildagi ishlab chiqarish hajmining sun`iy oshirilishiga olib keladi. Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaMM bilan birga, uning asosida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bogliq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini harakterlab beradi. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport, eksport va import o‘rtasidagi farq kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmoqi keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini halqaro taqqoslash uchun yalpi ichki maxsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma`lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot va hizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bo‘lsa undan to‘lov balansi qoldig‘i (eksport va import o‘rtasidagi farq)ni chiqarib tashlash yo‘li bilan YaIM aniqlanadi. YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muxim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan o‘rnini to‘plash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan kapital qiymati yoki yillik amortizasiya summasi ayirib tashlansa sof milliy maxsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. YaMM - amortizasiya yillik summasi = SMM Shunday bo‘lib, SMM amortizasiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi. SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan baxoga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar iste`molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan, milliy daromad ularning joriy ishlab chiqarishda qatnashishdan olgan daromadlari summasi, korxona nuqtai nazaridan ishlab chiqarish omillari eki resurslari baxosi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda bu ko‘rsatkich mazkur yilda ishlab chiqarish hajmini yaratishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor baxolarini aks ettiradi. SMM - biznesga egri milliy daromad. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD - bu yangidan yaratilgan tovar va hizmatlar qiymatining butun hajmi. Foidalanilgan MD - bu ishlab chiqarilgan Md-dan yoqotishlar (tabiy ofatlar, saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldiqi chiqarib tashlangan miqdorga teng. Bizning amaliyotda MD iste`mol va jamg‘arish fondiga ajratiladi. Iste`mol fondi - bu milliy daromadning jamiyat a`zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtijojlarini (ta`lim, mudofaa va h.k.) qondirishni ta`minlashga ketadigan qismi. Jamg‘arish fondi - bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta`minlaydigan qismi. Milliy daromadni daromadlar barcha turlarini (amortizasiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy stroxovaniyaga ajratmalar, kopxona foidasiga soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaidigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular qilgan mexnatining natijasi hisoblanmaydi. Shaxsiy daromad kўrsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz, hamda joriy mexnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. Milliy daromad + ijtimoiy straxovaniya ajratmasi + korxona foydasiga soliqlar + korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar + shaxsiy daromad. Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste`mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bўladi. Yalpi milliy mahsulot Sof eksport Yalpi ichki maxsulot Amortizasiya Sof milliy maxsulot Egri soliqlar Milliy daromad Milliy daromad - ijtimoiy strahovaniya ajratmalari; korxona foydasiga soliqlar; korxona taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar ? Shahsiy daromad shu daromad hisobiga soliqlar, Soliqlar to’lanadigan keyingi daromad. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi yordamida milliy hisobni tashkil qilish imkoniyati vujudga keladi. Yalpi milliy maxsulot ko‘rsatkichi barcha ho‘jalik birliklari yalpi pul daromadlari, hamda barcha tovar va hizmatlarni ishlab chiqarishga sarflarning umumiy miqdorini bir vaqtda aks ettiradi. Bu butun mamlakat miqiyosida keng qamrovli milliy hisoblar tizimini kiritishga asos bo‘ladi. Milliy hisoblar - bu YaMM va milliy daromadni ishlab chiqarish taqsimlash hamda ulardan foydalanishni harakterlaydigan o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. Milliy hisoblarni tuzishda ikki yoqlama o‘quv tartibidan foydalaniladi. Bunday hisoblar halqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida mazkur tizim keng qo‘llaniladi. Millii hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va harajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizasiya) summasini aks ettiradi. Harajatlar to‘rtta gruppadan iborat bo‘ladi: iste`mol, investisiyalar, davlat haridi, sof eksport. Millii hisoblar makroiqtisodiyotning meyoridagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |