Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur



Yüklə 52,37 Kb.
səhifə13/17
tarix19.08.2023
ölçüsü52,37 Kb.
#139835
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Uchinchidan, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur.
Bugun oddiy bir haqiqatni tan olishimiz kerak. Davlat idoralarida malakali va yetuk kadrlar yetishmayapti.
Hanuzgacha davlat xizmatchilarining maqomi belgilanmagan, davlat xizmatiga qabul qilishning oshkora mexanizmlari ishlab chiqilmagan.
Bu boradagi muammolarni hal etish uchun, avvalo, davlat xizmatchilari faoliyatini xolisona baholash boʻyicha samarali tizim joriy etish zarur.
Eʼtiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.
Davlat organlarida ertaga, istiqbolda qanday vazifalar dolzarb boʻlishi, sodda qilib aytganda, besh, oʻn, yigirma yildan keyin qanday muammolar oldimizda koʻndalang boʻlishini prognoz qiladigan tizim hali shakllangani yoʻq.
Prezident Administratsiyasiga tarmoqlar faoliyatini samarali boshqarishda strategik tahlil, rejalashtirish va prognoz tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli davlat siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi.
Bunda davlat boshqaruvi idoralarida strategik tahlil va prognozlashtirish tuzilmalarini tashkil etish lozim.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida alohida Ekspert kengashi tashkil etilib, unga xorijiy mamlakatlarning nufuzli olimlari va amaliyotchilari jalb qilinishi lozim.
Toʻrtinchidan, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti.
Maʼlumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi.
Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari tegishli hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar korxonasi tugatildi.
Davlat byudjetiga tushadigan mablagʻlarning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi oʻrnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion soʻmga koʻpaydi.
Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni endi boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur.
Kelgusida hokimning ayni vaqtda xalq deputatlari Kengashi raisi sifatida faoliyat koʻrsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.
Oliy Majlis palatalari rahbarlariga (N.Yoʻldoshev, N.Ismoilov) 2019 yil davomida ushbu masalalarni parlamentda atroflicha muhokama qilib, amaliy choralar dasturini qabul qilish tavsiya etiladi.
Kelgusi yili mamlakatimizda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga navbatdagi saylov oʻtkaziladi.
Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada oʻtkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ishlarini boshlashimiz zarur.

Yüklə 52,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin