Geoaxborot tizimining umumiy tasnifi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#59193
  1   2
Geoaxborot tizimining umumiy tasnifi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti


Geoaxborot tizimlar fanidan

Mustaqil ish


Mavzu:  GAT tasnifi. Maqsad bo'yicha GAT tasnifi.


901-20 guruh magistranti Boboqulov B.



Toshkent 2021
Reja:

  1. GAT tasnifi.

  2. Maqsad bo’yicha GAT tasnifi.

  3. Xulosa.


Geoaxborot tizimining umumiy tasnifi
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz. Karta (ingl. map, chart; grek. chartes – varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi. Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi. Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin. Kompyuter kartasi – bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari (grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastikda, fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir. GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir. Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim.

Geoinformatika – ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib:



1-rasm. Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi (Manba: Internet)
 ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va foydalanish;
 geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;
 amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz ichiga oladi. Geoinformatsion kartografiyalash – bu geoinformatika va kartografiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligida shakllanadi. Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni tashkil etadi. Quyidagi omillar ushbu yoʻnalishning shakllanishiga turtki boʻldi:
 Geoinformatikaning ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish fani sifatida rivojlanishi.
 Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya.
 Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va avtomatlashgan kartografiyaning qoʻllanilishi.
 Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya joylashuvi.
 Katta hajmda yangi koʻrinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy qayta ishlanishi. Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi boʻlib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. Geografik va toʻgʻri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni ularning geografik joylashuviga qarab oʻzaro bogʻlaydi va GATning ma’lumotlar bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bogʻliq barcha jarayonlarni oʻrganishda kartografik tahlil va matematik-kartografik modellashtirishdan keng foydalaniladi. Geomatika – bu informatsion texnologiyalar, multimedia va telekommunikatsiya vositalarini ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida, avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi hisoblanadi va mazkur atama geoinformatika yoki geoinformatsion kartografiyalash sifatida ham qoʻllaniladi. Raqamli yuza (qatlam, mavzu) deb ma’lum bir hudud chegarasidagi va koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasiga aytiladi.
Aerofototasvir (aerial photograph, aerial photo) – uchish apparatlari yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar, hodisalar, jarayonlarni deshifrlash va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga tushirish balandligiga qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik masshtabli tasvirlar olinadi. Agar rasmga tushirish vertikal oʻqiga nisbatan qiyalanish yoʻl qoʻyiladigan darajada boʻlsa, planli aerofototasvir (vertical aerial photograph), agar oʻqning yoʻl qoʻyilgan qiyaligidan chiqib ketsa, perspektiv aerofototasvir (perspective aerial photograph) olinadi. Fotoplyonka turiga qarab esa oq-qora yoki monoxrom tasvirlar, rangli tasvirlar (colour aerial photograph), spektrozonal tasvirlar (false colour composite) olinadi. Fotoplyonkadan bosmaga chiqarish turiga qarab kontaktli (contact print), kattalashtirilgan (enlargement print) aerofototasvirlar olinadi. Umumiy holatda aerofototasvirlar 2 xil koʻrinishda: yakka turdagi (single photograph, single lens photograph) va stereoskopik (stereoscopic photograph) boʻladi. Stereoskopik tasvir maxsus stereoskopik asboblar yordamida va kompyuter ekranida uch oʻlchamli tasvirlash jarayonida joyning haqiqiy uch oʻlchamli tasvir koʻrinishini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi – MB (database) – bu aniq qoidalar asosida tashkil etilgan hamda tasvirlash, saqlash va boshqarishning umumiy tamoyillariga amal qiladigan ma’lumotlar jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash qoidalari xavfsizlik standartlariga va butunligiga amal qilgan holda markazlashgan boshqaruv asosida tashkil etiladi. Bunday tizimda ma’lumotlarning bir-biriga qarama-qarshiligi va takrorlanishining oldi olinadi. MB ni yaratish va undan ma’lumotlarni olish tizimi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MB bir yoki bir nechta kompyuterlarga oʻrnatilishi mumkin hamda ma’lumotlarni olish va qayta joylashtirish oʻzaro bir yoki bir nechta kompyuterlar oʻrtasida amalga oshiriladi. GATda asosan fazoviy ma’lumotlar saqlanganligi bois bu tizim (MB) ning boshqacha nomi Fazoviy ma’lumotlar bazasi (Spatial database) deb ataladi.
Vektorlashtiruvchi (vectorizer) – fazoviy ma’lumotlarni rastr formatdan vektor formatga oʻtkazuvchi dasturiy vositadir. Kartometriya (cartometry) – karta boʻyicha oʻlchash. Kartometrik koʻrsatkichlar bir necha xil boʻlishi mumkin, jumladan: uzunlik va masofa boʻyicha, maydon boʻyicha, hajm boʻyicha, burchak va burchak kattaliklari boʻyicha. Mavzuli kartalar boʻyicha oʻlchash va hisoblash ishlari maxsus boʻlimlar – mavzuli kartometriya va morfometriyada olib boriladi. Obyekt – geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va matematikani qamrab olgan fazoviy elementning belgisi. Har bir obyekt obyektlar sinfiga tegishli boʻladi. Raqamlashtirish – bu qogʻoz kartadagi ma’lumotlarni kompyuter fayliga aylantirish jarayonidir. Alohida moslamalar (peripherals, peripheral, peripheral devices, peripheral equipment, peripheral unit) – tashqi moslama, apparat ta’minotining tarkibiy qismi boʻlib, asosiy kompyuter blokidan ajralgan holatda boʻladi. Alohida moslamalarning asosiy vazifasi bu GATdagi ma’lumotlarni tayyorlash, kiritish, saqlash, boshqarish, himoya qilish, tasvirlash va aloqa kanallari orqali uzatishdan iborat. Alohida moslamalar turkumiga raqamlovchi skanerlarni, moslamalar guruhiga esa grafoqurilma, printerlar, monitor va boshqa qurilmalarni kiritish mumkin. Saqlash va arxivlash vositalariga tashqi diskovodlar, strimmerlar, modem va muntazam quvvat ta’minoti (UPS) ni kiritish mumkin. Kartalarning razgrafkasi (boʻlinishi) – bu koʻp varaqli kartalarni boʻlimlarga boʻlish tizimidir. Tizimda toʻgʻri burchakli va trapetsiyali kabi ikki xil boʻlinish turi qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchakli razgrafkada kartalar bir xil oʻlchamli toʻgʻri burchakli yoki kvadrat varaqlarga boʻlinsa, trapetsiyali turda karta trapetsiyalar shaklida boʻlinadi. Bunda varaqlar chegaralari vazifasini meridian va parallellar bajaradi. Rastr grafikasi – kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib, bunda asosiy elementni piksel (pixel – “picture element” soʻzining qisqartmasi) tashkil qiladi. Pikselni oddiygina kvadrat shaklidagi figura sifatida tushunishimiz
mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa, tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT (Database management system – DBMS) – ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va foydalanishga moʻljallangan dasturiy vositalar toʻplami. Bu tizimning asosiy maqsadi – GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtirish va boshqarishdir. Jumladan, ma’lumotlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin (jadval, raqamli tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos holda qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu boshqa turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle, Sybase kabi tizimlardagi oʻzaro ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishdan iboratdir. Skaner (scanner) –qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun uni rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3- rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 – 600 dpi) boʻladi. Skanerlar planshetli (flatbed scanner), barabanli (drum scanner), gʻildirakli (sheetfeed scanner) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (handheld scanner) kabi turlarga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga oʻrnatilib, Yerning ustki qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.
Lazer skaner – bu geodezik asboblar turkumining yangi avlodi hisoblanib, berilgan obyektning tasvirini uch oʻlchamli koʻrinishda nuqtalar jamlanmasi
sifatida olishga moʻljallangan. Bunday asboblar asosan yer osti tunnellarida, tarixiy-madaniy obyektlarning tasvirini olishda, turli yoʻl qurilishi ishlarida, yer degradatsiyasini monitoring qilish ishlarida qoʻllaniladi.

2-rasm. Uch oʻlchamli lazer skaner (TX5 Trimble) va uning yordamida olingan tasvir (Manba: Internet) Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog (oddiy yoki qogʻoz) tasvirni raqamli rastr formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma (plotter) kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin. Raqamlashtirish (digitizing) – analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida saqlay olinadigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayoni. Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi. Joyning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM) – boshqacha aytganda, joyning matematik modeli. Bu model topografik karta va planlar turkumiga mos keladigan fazoviy obyektlarning raqamli koʻrinishini tasvirlaydi. Kelgusida bu modellar raqamli topografik kartalarni ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Relyefning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM; Digital Elevation Model – DEM). Ushbu model ingliz tilida Digital Terrain Elevation Data (DTED) deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining uch oʻlchamli koʻrinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari, koordinatalari, gorizontallar va konturlarning yigʻindisini hisobga olib aks ettiriladi. Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu rastr tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda koʻp qirrali yuzaning taxminiy relyefini balandlik otmetkalari boʻyicha bogʻlangan tarzda tasvirlashdir. DEM yaratish uchun topografik kartalar, aero- va kosmik tasvirlar, sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi. Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga ega boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi. Rastr format deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar koʻrinishida tasvirlash tushuniladi. Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir. Elektron kartalar – bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi. Stereoskop– bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma. Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi. Bunday asboblar turlicha boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu
koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir. Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi. Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil qilinadi. Qatlam – bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami hisoblanib, u nuqtaviy, chiziqli, poligonli boʻladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy usuli bu kartalardir. ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin. ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam koʻrinishida koʻrsatilishi mumkin. Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan boʻlib, oʻz ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi.
Jadval – ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar jadvaliga bogʻlanganligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. Har bir jadval ustuni esa aniq atributga ega boʻladi. Axborotlarning bunday koʻrinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qoʻllashga, bu esa geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq koʻrsatishga imkon yaratadi. Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni tasvirlash uchun roʻyxat iborasi qoʻllaniladi. Ishchi konfiguratsiya – ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam), murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat. Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna, yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda olishi mumkin. Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan soʻng barcha jadvallar va oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan boʻlib, barcha oynalar shu roʻyxat boʻyicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi, shundan soʻng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi. Legenda – shartli belgilar roʻyxati boʻlib, karta yoki grafikada qoʻllaniladi. Hisobot – grafik ma’lumotlarning umumiyligi boʻlib, xulosani nashrga berish uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar, yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Geokodlash – bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan, mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat. Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud
ma’lumotlar joylashuvi orqali ularni birlashtiradi hamda kartada obyektni koʻrsatish va bogʻlanishni amalga oshirishda koʻmaklashadi. Proyeksiya (kartalar) – bu mavzuli model boʻlib, kartada yerning ustki qatlami har bir nuqtalarini loyihalashga koʻmaklashadi. Proyeksiya koʻrinishini tanlashdan qat’i nazar, shu kartadagi vizual tasvir har xil boʻladi. Har bir proyeksiya parametr toʻplami bilan, proyeksiyalar oʻrtasidagi farq har xil koordinata turlari bilan belgilanadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin