Geoaxborot tizimining umumiy tasnifi


Maqsad bo’yicha Geoaxborot tizimini tasnifi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/2
tarix23.05.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#59193
1   2
Geoaxborot tizimining umumiy tasnifi

Maqsad bo’yicha Geoaxborot tizimini tasnifi
GATni ta’riflashning yana bir usuli toʻgʻrisida ma’lumot Marbl va Pikue (Marble & Pequet, 1983) tomonidan berilgan. Bunga koʻra, GATning oʻzi ham tizimlarga boʻlinadi va ular quyidagilar: 1. Ma’lumotlarni toʻplash tizimi. Bu tizimda ma’lumotlar turli xil manbalardan olinadi va boshlangʻich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimning asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni oʻzgartirish (rastr koʻrinishdan vektor koʻrinishiga keltirish) dan iboratdir. 2. Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat. 3. Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi. 4. Ma’lumotni chiqarish tizimi. Toʻliq yoki qisman ma’lumotlar bazasi jadval, diagramma yoki karta koʻrinishida tasvirlanib, bosmaga chiqariladi yoki foydalanuvchining talabiga koʻra elektron yoki qogʻozli ma’lumot koʻrinishida beriladi. Yuqoridagi toʻrtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart boʻlgan muhim tizimlaridir. Barcha jarayonlar mana shu tizim ichida amalga oshiriladi va bunda ham, albatta, inson omili juda muhim rol oʻynaydi. Geoaxborot tizimida geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda uning besh tarkibiy qismi yoki komponentlari muhim sanaladi. Bu kompyuter tizimi, dasturiy
ta’minot, insoniy resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy infratuzilmalardir.

1.5-rasm. Geoaxborot tizimining muhim tizimlari (Manba: Muallif) Kompyuter tizimi – bu geoaxborot tizimini yuritish uchun zarur boʻlgan kompyuter va operativ tizimni nazarda tutadi. Odatda bunday operativ dasturlar turkumiga Windows, Unix yoki Linux kabilar kiradi. Qoʻshimcha ravishda bu tizimga geoaxborot tizimi uchun zarur hisoblangan maxsus monitorlar, digitayzerlar, skanerlar (fazoviy ma’lumotlarni raqamli koʻrinishga keltirish uchun), GPS qurilmalar (dala ma’lumotlarini tizimga kiritish uchun), printer va plotterlar (ma’lumotni bosmaga chiqarish uchun) kerak boʻladi. Dasturiy ta’minot – geoaxborot tizimi va unda qoʻllaniladigan jihozlarni ishlatish uchun zarur boʻlgan dasturlardir. Barcha dasturlar uchun muhim boʻlgan jihat bu umumiy interfeys, ya’ni menyu, grafik belgilar, buyruqlar tablosi va skriptlardir. Insoniy resurslar – geoaxborot tizimining maqsad va vazifalarini aniqlab beruvchi malakali geoaxborot tizimi mutaxassislari guruhi va tizimdan foydalanuvchilar nazarda tutiladi. Ma’lumot – bu biz uchun muhim sanalgan axborotni yaratish uchun zarur boʻladigan va turli xil tizimga kiritiladigan belgilardir.
Infratuzilma va jarayonlar – geoaxborot amallarini bajarish uchun zarur boʻladigan moddiy, tashkiliy va boshqaruv jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Infratuzilma deganda zaruriy malaka, ma’lumot standartlari, ma’lumotni saqlash joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi.

3-rasm. Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari (Manba: Muallif) GATning funksional imkoniyatlari – GAT va mos dasturiy vositalarning funksiyalari toʻplami boʻlib, ular quyidagilardir:


 Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar toʻplami yoki raqamlashtirish yoʻli orqali kiritish.
 Ma’lumotlarni bir formatdan ikkinchi formatga aylantirish, kartografik proyeksiyalarni transformatsiyalash, koordinata sistemasini oʻzgartirish orqali ma’lumotlar turini oʻzgartirish.
 Ichki va tashqi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash, boshqarish.
 Kartometrik operatsiyalar.
 Foydalanuvchining shaxsiy sozlash (настройка) vositalari.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Geoaxborot tizimlari geografik kartalar yer tuzilishlari joylashuv o’rni va boshqalarni insonga imkon qadar tushunarli qilib tasvirlab berishda kata ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin