Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi




 
1-bob. 
GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI 
 
Geoaxborot tizimining ta’rifi 
Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali kompyuter texnologiyalari 
rivojlanmagan davrda yashayapsiz. Siz ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan 
mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda 
tabiiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash vazifasi 
yuklatilgan boʻlsin. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish uchun, 
avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar 
va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi. 
Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu 
ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur. 
Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada 
boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha paytda 
geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari 
takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish 
davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar 
ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun 
bizga 
zamonaviy 
kompyuter 
dasturlari 
va 
texnologiyalari 
yordamida 
avtomatlashgan tizim – 
Geografik Axborot Tizimi 
zarur boʻladi. 
Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish 
va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni 
kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot 
tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb 
tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, 
muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda 
yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, turli 
qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. 
Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif 
berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu 
ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan 
ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas, 
chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan, 
vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi 
sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda 
muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va 
tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot
tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil qilish va 
tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”. 
Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq koʻrinish beradigan boʻlsak, unda 
geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik 
ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompleks 
tizimdir, degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan 
holda quyida eng aniq ta’rifni bersak boʻladi: 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin